1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/89
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1771891
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89
Bog'liq
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

Adabiyotlar: 
1. Ahmedov B., Sohibqiron Temur (Hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati), T., 
1996. 
2. Pugachenkova G. A., Arxitekturnoye naslediye Temura. T., 1996. 
3. Salohiddin Toshkandiy. Temurnoma "Cho‘lpon", 1991. 
4. Marsel Brion. Men kim sohibqiron – jahongir Temur. 2010. 
5. Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. “Sharq”, 1997. 
6. Nurali Qobul. “Buyuk Turon amiri yoxud Aql va qilich”. Sharq, 1997. 
7. A.Oripov. “Sohibqiron” dramasi T.: Akademnashr, 2016. 
 
Amonova Mamlakat Shafkatilloyevna 
Vobkent tuman 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi 
AMIR TEMUR – ILM-FAN VA MADANIYAT HOMIYSI 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Amir Temurning XIV asrda Movarounnahr, 
Xuroson hududida ilm-fan va madaniyatni rivojlantirish borasida amalga oshirgan 
ishlari haqida batafsil yoritilgan. Ayniqsa, ilm-fan namoyondalariga ko‘rsatilgan 
yuksak ehtiromi va homiyligi Movarunnahrda uyg‘onish davrining debochasi bo‘ldi, 
desa mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Kalit so‘zlar: ma’naviy va tarixiy meros, mo‘g‘ullar istibdodi, sho‘rolar davri 
xulosalari. 


-159- 
Insonning tabiati o‘zligini anglashga, o‘tmishini bilishga qiziqishiga moyil 
bo‘ladi. Mustaqillik bizning mamlakatimizda ana shu jarayonni yanada kuchaytirdi. 
Biz bugungi murakkab davr oldimizga qo‘ygan ko‘pgina dolzarb muammolarga 
javob topish uchun, tarixning yashirin ma’no-mohiyatini chuqurroq anglash uchun 
o‘tmishga murojaat qilamiz.
Bizning o‘tmishimiz juda boy, o‘rganilmagan sahifalar esa ko‘p. 
O‘rganilganlari esa sho‘ro mafkurasi davrida soxtalashtirildi. Shuning uchun 
mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab biz o‘tmish madaniy-ma’naviy va 
tarixiy merosimizga munosabatga alohida e’tibor qildik. Chunki xalqimizning sho‘ro 
davrida unutilgan, toptalgan milliy g‘ururini, ongini yuksaltirish uchun tariximizni 
tiklash lozim. 
O‘tmishimizda shunday shaxslar borki, ularning hayoti, faoliyati tariximizning 
shonli sahifalarini tashkil etadi. Sohibqiron Amir Temur ham ana shunday daholardan 
biridir. Xalqimiz tarixida, nafaqat turkiy xalqlar balki jahon xalqlari taqdirida 
munosib iz qoldirgan Amir Temurning O‘rta Osiyo xalqlarini, qolaversa, o‘nlab 
boshqa xalqlarni mo‘g‘ul istibdodidan ozod qilish borasidagi faoliyatining o‘zigina 
uning tarixda o‘chmas nom qoldirish uchun yetarlidir. Ulug‘ bobomiz tuzgan saltanat 
esa davlatchiligimizning muhim bosqichi edi. 
Sohibqiron Amir Temur ayni paytda ilm-fan va madaniyat, adabiyot va san’at 
homiysi, shaharsozlik ilmining ustasi, siyosat va hayotga nisbatan mushohada doirasi 
keng bo‘lgan sinchkov va qiziquvchan suhbatdosh sifatida ham tarixda chuqur iz 
qoldirgan. Shuning uchun ham buyuk ajdodimizning ilm-fan va madaniyat homiysi 
sifatidagi faoliyatini chuqurroq o‘rganish davr talabidir. 
Chingiziylar davrida ta’qib-u siquvlar, siyosiy ostin-ustunliklar natijasida ilm-
fan ahli davlatni tark etishga o‘zga yurtlarda jon saqlashga majbur bo‘lganlar. 
Sohibqiron qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo‘shib olgan bo‘lsa, o‘sha yerdagi 
olimlar, sayyidlar, mashoyixlar va ulamo-yu fuzalo hurmatini joyiga qo‘yib ularga 
suyurg‘ol va lavozimlar berib, maosh belgilagan. Temur zabt etilgan mamlakatlardan 


-160- 
olimu fuzalolarni, elga tanilgan ilohiyotchilarni, san’at namoyondalari, kasb-hunar 
egalarini Samarqandga o‘zi bilan birga olib kelishga harakat qilgan. 
Sohibqiron Temur davrida shunday olimlardan Sayyid Sharif Sheroziy kabi 
ulug‘ tabiblar, Mavlono Ahmad kabi munajjimlar, Shayx Saidali Hamadoniy kabi 
faylasuflar, Lutfullo Nishopuriy kabi shoirlar, Kamoliddin Isfaxoniy kabi 
qasidanavislar, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan faylasufi, fiqhshunos Sa’diddin bin 
Umar Taftazoniy, tarixchi olim Ibn Arabshoh, taniqli musiqashunos va olim 
Abduqodir Ibn G‘aybiy va boshqalar Samarqandda samarali ijod qilib
Movarounnahrning ilm-fan taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. 
Temur bu olimlarning ijod qilishi uchun yetarli sharoit yaratib bergan, ularga 
homiylik qilgan. 
Hofizu Abru o‘zining “Zubdat at-tavorixi Boysung‘uriy” asarida Amir 
Temurning ilm-fanga munosabati haqida ba’zi ma’lumotlarni beradi. “…Uning 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling