1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Gadoyeva Munira Muxamedova
Buxoro viloyat XTXQTUMOHM “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Hamroyeva Shohida Ro‘zimurodovna Romitan tumani 33-maktab o‘qituvchisi BADIIY ADABIYOTDA AMIR TEMUR OBRAZINING TALQIN QILINISHI Annotatsiya: Tarixda shunday sulolalar o‘tganki, faqat harbiy yurishlar uyushtirib vayronagarchiliklar sababchisi bo‘ldi. Yana shunday sulola vakillari borki ular vayron etgan joyini ikki barobar ustunlik bilan bunyod eta olgan. Temuriylar sulolasi vakillarining aksariyati shunday jarayonni amalga oshirganligini tarix safifalaridagi haqiqatlar isbotlaydi. Kalit so‘zlar: dunyoning husni, YUNESKO, yashil shahar, abadiy shahar, temuriylar, ilm-fan markazi, boqiy shahar. Butun dunyoni saodatli, farovon qilmoq uchun bel bog‘lagan ulug‘ sohibqiron bobomiz – Amir Temurdir. Nega aynan sohibqiron tashbehi ko‘p marta Amir Temurga nisbatan tilga olinaveradi? Bu so‘z izohida berilgan ta’rif bo‘yicha Zuhra va -157- Mushtariy yoki Zuhra va Quyoshning ekliptika davrining ma’lum bir darajasida to‘qnash kelish vaqti (qiron) da tug‘ilgan bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday qiron davrida tug‘ilgan bolalar baxtli g‘olib, muzaffar va ulug‘ martabali bo‘lishi bashorat qilingan. Tarixda mana shunday ta’rifga muvofiq tug‘ilganlar sanoqli bo‘lsa-da, ular qatorida Aleksandr Makedonskiy va Amir Temur kabi jahongirlar ham kiradi. Ulug‘ insonlarning fazilati ham ulug‘ bo‘ladi, deganlaridek, Amir Temur kabi buyuk inson ham badiiy adabiyotning bosh mavzusi va qahramoni sifatida keng talqin qilingan. Uning har jihatdan tengsizligi yozuvchilar va shoirlar baytida doston bo‘ldi. Birgina Abdulla Oripov o‘zining “Sohibqiron” dramasida Amir Temur shaxsini qayta kashf etgandek bo‘ladi. Asarda Amir Temurning nafaqat sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi, adolatli hukmdor, buyuk bunyodkor ekanligini tasvirlanadi. Shu bilan birga uning ilm-fan homiysi ekanligi, bag‘rikengligi, mehri beqiyosligi, har bir so‘zi tuzuk ekanligi yarq etib ko‘zga tashlanadi. Biz Amir Temur davrini qanchalik yaxshi o‘rgansak, tarix haqidagi tasavvurlarimiz shunchalik rivojlanadi. Chunki, Amir Temur faxrimiz. U millat g‘ururi, tariximizning yorqin yulduzi. Bu qiron sohibi o‘ychil mutafakkir sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni – mo‘l xazina,yagona shoh,yengilmas lashkar deya ta’kidlaydi. Dramada jahongirning fuqarolariga munosabat xususida “Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor”, – deya ifoda etilgan. Asarda jahongirning o‘z dushmanlarining gunohlarini kechira olishi Sulton Boyazidga ko‘rsatgan hurmati, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Qosimbek timsolida tahsinga loyiq. Shu bilan birga asarda uning Ahmad Yassaviy qarashlari va e’tiqodiga hurmat bilan qaragani, uning ruhi bilan suhbatida namoyon bo‘ladi. “A.Yassaviy: “Aytingchi, Temur siz ham besabab qon to‘kkanmisiz?” Amir Temur: “Adolat va islom himoyasi deb, yer yuzini fath ayladim, tartib o‘rnatdim”. Shu xildagi javobi orqali kezgan jang-jadallari, adolat uchun bo‘lganligi kitobxonni o‘ziga tortadi. She’riy dramada o‘zidan keyingii avlodlarga, nabiralariga hayotiy xulosalarini -158- tuzukotlarini qoldirib ketayotganligini vasiyat qiladi. Uning “Temur tuzuklari” asari har bir yurtboshchisi va fuqarosi uchun birdek mayoq bo‘lib xizmat qiladi. Amir Temur tavalludining 686 yilligi arafasida turgan har bir kitobxon uchun “Sohibqiron”dramasi, Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” romani faxr tuyg‘usini tarataversin. Har bir o‘zbek uchun Temurning tilidan aytilgan “Biz kim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Biz kim millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i Turkning bosh bo‘g‘inimiz” so‘zlari hayotiy yo‘ldosh bo‘lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling