1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
-129- “Темурийлар Уйғониш даври” деб аталмиш сермаҳсул маданий меросга асос солган”. Адабиётлар рўхати
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
-129-
“Темурийлар Уйғониш даври” деб аталмиш сермаҳсул маданий меросга асос солган”. Адабиётлар рўхати: 1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. 2. Мец А. Мусульманский ренесанс. – М., 1973. 3. Халқ сўзи газетасининг 3 сентябр 2020 йил сони. Oripova Mavluda Qodirovna BVXTXQTMOHM "Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi" kafedrasi katta o‘qituvchisi MOZIYGA MUHRLANGAN MATONAT Annotatsiya: Maqolada haqida Amir Temurning ilm-fan va ma’naviy madaniyatning yuksalishiga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Amir Temur, ilm-ma’rifat, ma’naviy madaniyat, «Temur tuzuklari», alloma, ajdodlar, Ikkinchi Renessans, Movarounnahr, olimlar. Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir Temur alohida o‘rinda turadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida «Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak» deb ta’kidlagandi. Bu bejiz aytilmadi, albatta. Zero, xalqimiz, ayniqsa millatning kelajagi bo‘lgan yoshlar buyuk ajdodlar tarixini qanchalar ko‘p o‘rgansa, ularning hayoti va faoliyatidan ibrat va saboq olib yashasa, qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh urib, elu yurtga bo‘lgan muhabbati yanada ortadi. Bu ezgu ishlarni amalga oshirishda esa, xalqimiz tarixida o‘tgan ko‘plab buyuk siymolar qatorida, Sohibqiron Amir Temur qadriyatini -130- o‘rganish ham muhim ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Amir Temur ulkan va qudratli saltanat barpo etar ekan, ma’naviy madaniyatning yuksalishi, gullab yashnashi, bunyodkorligiga alohida e’tibor berdi. Tabiiyki, mustaqillik yillari tarixshunosligida Amir Temur va Temuriylar davri ilm-fani rivoji bevosita Temuriylar davri bilan uzviy ravishda o‘rganildi. Chunki, ilm-fan ravnaqi jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat etishini yaxshi tushungan Sohibqiron noyob iste’dod va qobiliyat egalarini muhofaza qilish, ijodlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratdi. Shuning uchun ham u o‘zining “Tuzuklari”da qayd etilgan o‘n ikki toifa va tabaqaning ikkinchisiga aqlli kishilar va kengash sohiblarlarni kiritdi va ularni e’tiborli shaxslar deb bildi[2,76]. Buning natijasi o‘laroq, Temuriylar davrida ilm-fan ravnaq topib, yurtboshimiz aytganlaridek: “O‘n beshinchi asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat, yurtimizda ikkinchi Uyg‘onish, ya’ni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. Donishmand xalqimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng ilg‘or, taraqqiy etgan xalqlari qatorida bo‘lgani barchamizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”. Amir Temurning qanday shaxs va davlat arbobi bo‘lganligi, hamda uning ijtimoiy-siyosiy qarashlari, saltanat taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirgan islohotlari borasida uning zamondoshlari ham, keyingii davr olimlari va siyosatchilari ham o‘z fikrlarini bayon etganlar. Amir Temur ilm-fan, ma’naviyat ahliga e’tibor, mehribonlik ko‘rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, «Temur olimlarga mehribon, sayyidu shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan tamom Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling