1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/89
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1771891
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89
Bog'liq
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091

-78- 
ko‘rishga Amir Husayn bilan kelishgan Temur 1362-yilda Marv tomonidan Buxoroga 
yo‘l oladi. «Ikki kun yo‘l yurib, Qorako‘lga qarashli bir qishloqqa yetdilar, deb 
yozadi Bo‘riboy Ahmedov «Amir Temur» tarixiy romanida. Shu yerda Kesh ham, 
hatto Soli Saroy ham notinch ekanligi haqida xabar topdilar. Endi nima qilish kerak? 
Orqaga qaytishning iloji yo‘q. Qobul taraflarga esa yo‘l berk. Oxiri kengashib, nima 
bo‘lsa ham eski reja bo‘yicha Buxoro tarafga borishga qaror qildilar. Temurbek bilan 
xotini mulozimlari va xizmatkorlari bilan bir haftadan keyin Buxoroning Zandanisiga 
kirib borib, tanish bir savdogarning uyini qidirib topdilar. Xayriyatki, savdogar uyida 
ekan. Mehmonlarni xursandchilik bilan qarshi oldi va tashqaridagi katta 
mehmonxonasini ularga bo‘shatib berdi. O‘sha kecha Temurbek savdogardan so‘rab-
surushtirib, mamlakatdagi ahvolni bilib oldi. Shundan keyin Temurbek Buxoroga 
ham, Samarqandga ham bormay, ularni imkoni boricha chetlab o‘tib, Kesh tarafga 
borishga qaror qildi[3.73]. Savdogarning uyida o‘tkazilgan suhbatlarida Amir Temur 
ona yurtining uni hamisha qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qilgan bo‘lsa ajab 
emas.
Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish ilinjida kurash olib borgan. 
Amir Temur 1370 yilda hukmdorlikni o‘z qo‘liga oldi. Sohibqiron o‘z davlatini barpo 
etish, uni siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkamlashga kirishishdan oldin 
qarorgoh – taxt joyi, ya’ni mamlakat poytaxtini tanlashi kerak edi. Amir Temur 
saltanat poytaxtini tanlashda ona shahri Buxoroga alohida e’tibor qaratgan edi. Har 
gal Buxoroi Sharifga kelib shaharga qaysi darvozadan kirmasinlar, otdan tushib 
yayov shaharga kirgan va shaharning har qarich yerini, har bir g‘ishtini muqaddas 
bilganlar.
XIV asrning 70-yillarida Movarounnahrda Buxoroi Sharif diniy darajasiga yeta 
oladigan shahar topilmasdi. Abu Hafs Kabir zamonlaridan (IX asr) “Qubbat ul islom” 
nomini olgan muqaddas shahar Temur saltanatining markazi bo‘lishiga tarixan tayyor 
edi. Ammo bu masalada Samarqandda o‘tkazilgan mashvaratda ayrim oqsoqollar 
tomonidan Buxoroning Movarounnahrning bir qadar chekkasida joylashganligi 
to‘g‘risidagi maslahatlariga quloq tutgan Sohibqiron bobomiz Samarqandni o‘z 


-79- 
saltanatining poytaxti deb e’lon qiladi. Sharqning bu bobokalon shahri o‘zining 
siyosiy, tarixiy, iqtisodiy, jo‘g‘rofiy, madaniy xususiyatlari bilan ustun keldi. Buxoro 
ikkinchi poytaxt sifatida saltanat tayanchi bo‘lib xizmat qildi[4.19].
Amir Temur davrida Buxoroda saroylar, masjidlar, xonaqohlar, savdo rastalari 
va boshqa imoratlar qad ko‘taradi. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan Buxoro katta 
savdo-sotiq markaziga aylandi. Buxoroda bu davrda ko‘plab ariqlar chiqarildi. 
Ayniqsa shaharning atrofini o‘rab olgan Shohrud arig‘ining qayta tiklanishi, shahar 
aholisining obi-hayotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga xizmat qildi. Ma’lumki 
shahardagi mashhur ariq mo‘g‘ullar hujumi davrida buzib tashlangan edi. Amir 
Temur davrida nafaqat Buxoro shahri, balki butun voha obodonlashtirildi. 
XIX asrning oxirida Buxoroda bo‘lib, ariq va kanallar tizimini o‘rgangan rus 
olimi F.Sitnyakovskiy sharqiy-janubiy tomonga qarab chiqarilgan va xalq xotirasida 
Temur ariq haqida ma’lumot berganki, bu kanal Amir Temur farmoyishi bilan 
bunyod etilgan [5.139]. 
Mo‘g‘ullar bosqini davrida butunlay vayron etilgan Buxoro vohasining suv 
xo‘jaligi Amir Temur davriga kelib to‘la tiklandi. Bu muzofotda dehqonchilik 
maydoni kengaydi. Keyinchalik o‘z bobosining yaratuvchilik va obodonchilik 
an’analarini davom ettirgan Mirzo Ulug‘bek davrida Buxoro viloyatining janubi-
sharqiy chegarasiga tutashgan Somonjuq dashtiga suv chiqariladi va yangi yerlar 
o‘zlashtiriladi[6.94]. 
Amir Temur taxtga o‘tirganidan keyin ona yurti Buxoroga tez-tez kelib turardi. 
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Amir Temur har gal harbiy yurishlardan 
zafar bilan qaytganda, albatta Buxoroi Sharifga kelib avliyo-ambiyolarni ziyorat 
qilar, so‘ngra poytaxti Samarqandga o‘tar edi. Sohibqiron kelib tavof qilgan 
ziyoratgohlardan biri Chashmai Ayub maqbarasidir. U XII asrda qurilgan bo‘lib, 
1379-yilda Temur farmoyishi bilan mozor-go‘rxona ustida katta gumbaz quriladi. 
Amir Temur ko‘rsatmasi bilan Boharziy va Bayonqulixon maqbaralarida ham 
ta’mirlash ishlari olib borilgan. Temur davrida Buxorodagi eng katta machitlardan 
biri Namozgohda mehrob devori ta’mirlanadi.



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling