1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
-201-
Ikkinchi Renessansda – Ulug‘bek, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk me’morlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar. Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilg‘or, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi bo‘lsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirmog‘imiz zarur. “Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha talim va maktab talimi, oliy va o‘rta maxsus talim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men ishonaman – hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qo‘llab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni bo‘ladilar[2.2]”, – deb ta’kidladilar Prezidentimiz. Bosh vazifamiz esa Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratadigan yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar qilib tarbiyalashga qaratilishi lozim. Uchinchi Renessans milliy g‘oyaga aylanishi zarur va yoshlarda mafkuraviy imunitetni tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Shu ma’noda Uchinchi Renessans g‘oyasi istiqbolga intilishga juda mos keladi. Mazkur g‘oyaning safarbarlik kuchi, umuman, mafkuraviy salohiyati juda yuqori. Ayni chog‘da o‘tmish tariximizning shonli sahifalari, buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik va ijodkorlik salohiyati bilan bog‘lanadi. Bizga mazkur tushuncha kimlarning vorislari ekanimizni eslatib turadi. Yangi Renessans yo‘lida xalqimiz turli mayda, vaqtinchalik masalalarga, guruhbozlik, mahalliychilik, ayirmachilik, mafkuraviy mutaassiblikning har xil ko‘rinishlariga chalg‘imasligi kerak. Tarix saboqlarini unutishga haqqimiz yo‘q. Uchinchi Renessans g‘oyasi milliy ruhiyatimizga, xalqimiz armon-orzusiga yaqin. Zotan, xalq ilgari oqqan daryosi yana -202- oqishini astoydil istaydi.Uchinchi Renessans g‘oyasini hayotiy va ta’sirchan milliy g‘oyaga aylantirishni nimadan boshlamoq kerakligini ham anglab yetishimiz zarur. “Uchinchi Renessans” g‘oyasini yoshlar ongi va qalbiga singdirish uchun puxta o‘ylangan siyosat olib borilishi, xalqda ruhiy ko‘tarilish, qatiy irodali intilish yuz bermog‘i zarur. Avvalo, tushuncha mazmunini aniq ochib berish, aholining barcha qatlamlari, avvalo, yoshlar ongiga yetkazish kerak. O‘tmish renessanslari davrida ajdodlarimiz nimalarga erishganini, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini, boshqa xalqlar, mintaqalar yutuqlari bilan taqqoslab, jahonning yetakchi madaniyatlaridan, ilm-fani, san’ati va adabiyotlaridan birini, ilg‘or ijtimoiy fikru qarashlarini yaratganini qisqa, lo‘nda, dabdabali jumlalarsiz yoritish zarur. 11-sinfda “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishda yoshlar ongi va qalbiga Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda nimalarga e’tibor qaratishimiz zarurligi haqidagi ma’lumotlarni singdirishimiz kerak. Bunda quyidagilar e’tiborga olinadi: - Uchinchi Renessans poydevori to‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitida yaratilishi kerak; - Shu sababdan u, avvalo, texnologik inqilobni, yuksak rivojlangan raqamli smart (aqlli) iqtisodiyotni taqozo qilishini tushuntirmog‘imiz lozim; - O‘z navbatida, raqamli, smart iqtisodiyotga o‘tish uchun ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, avtomatlashtirish, robotlashtirish talab etilishini anglab yetishlari kerak. Yuqoridagilardan ayonlashmoqdaki, Uchinchi Renessans bizdan xalqaro hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, axborot, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida yanada chuqurroq integratsiya bo‘lishini talab etadi. Ammo o‘zligimizni, tilimizni, milliy xususiyatlarimizni, ma’naviyatimizni saqlab qolishimiz shart. Bu esa ta’lim- tarbiya tizimiga jiddiy e’tibor qaratishni bildiradi. Inson — Yangi Renessans ijodkoridir. Buni yoshlar ongi va qalbiga singdirish lozim. Har bir jamiyat o‘ziga zarur shaxsni tarbiyalaydi. Unga o‘z taraqqiyoti darajasi va tendensiyalaridan kelib chiqib axloqiy, e’tiqodiy, kasbiy-professional, huquqiy va -203- boshqa qator talablar qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyotining pirovard maqsadi ham inson, uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir. Jamiyat talabiga to‘liq javob beradigan kishi turli davrlarda har xil atalgan. Yusuf Xos Hojib uni “tugal er”, Forobiy “fozil kishi”, tasavvuf namoyandalari “komil inson” deb ataganlar. “Har tomonlama rivojlangan shaxs”, “uyg‘un rivojlangan shaxs” atamalari ham qo‘llanilgan. Mustaqillikdan keyin biz shaxsga nisbatan “komil inson”, yosh avlodga nisbatan “barkamol avlod” atamalarini qo‘llay boshladik. Gap atamada emas. Qanday sifatni qo‘llamaylik, kelajak insonini tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti tendensiyalarini va ayni paytda milliy ma’naviyatimiz xususiyatlarini hisobga olmog‘imiz lozim. Binobarin, sun’iy intellekt va yuksak texnologiyalarga tayanadigan “to‘rtinchi sanoat inqilobi” insonga qo‘yadigan talablarini oldindan modellashtirishimiz va ta’lim-tarbiya tizimini ularga moslashtirishiz kerak. Bugungi kunda Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratar ekanmiz, jahonda robototexnika, avtomatlashtirish, nanotexnologiyalar rivojlangan davrda ilm-fanga asoslanib, mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga erishmog‘imiz zarur. Mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyoti uchun yaratilgan shart-sharoitlar va yoshlarning ilm-fanga yuksak darajada qiziqish bilan qarayotgani hamda jahon miqyosida bu sohada hech kimdan kam emasligini ko‘rsatayotganligi Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishimizga qat’iy ishonch tug‘diradi. Ko‘rinib turibdiki, Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratish uchun yoshlarning jipsligi, birdamligi va fidoiyligi muhim rol o‘ynaydi. Eng muhimi, ularning bu boradagi izlanish va tashabbuslarini hamisha rag‘batlantirib turish, yagona maqsad sari yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling