1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
-199- 1. Fitrat A. Tanlangan asarlar I jild – T.: “Ma’naviyat”, 2000 2. Fitrat A. Tanlangan asarlar III jild – T.: “Ma’naviyat”, 2003 3. Hisao Komatsu. Uch jadidchi va oʻzgargan dunyo (Turk tilidan Bahodir Nurmuhammad tarjimasi) // “Jahon adabiyoti”, 2017. – №4. 4. Saidov A. Buxoro. // Sho‘ro. – 1909. – 5 son. 5. “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”ning 1996-yil 9-may soni. G‘ulomova Mohichehra G‘aniyevna Kogon tumani 21-IDUM o‘qituvchisi YUKSAK MA’NAVIYATLI YOSH AVLOD – “UCHINCHI RENESSANS” BUNYODKORI Annotatsiya: Ushbu maqolada Uchinchi Renessansnining mustahkam poydevorini yaratishda yuksak ma’naviyatli yosh avlodning o‘rni va roli bayon qilingan. Uchinchi Renessans g‘oyasini hayotga tadbiq etishda yuksak intellektual salohiyat egalari bo‘lgan yoshlarning ishtirokiga oid aniq misollar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Uchinchi Renessans, yuksak ma’naviyat, intellektual salohiyat, yosh avlod, ta’lim, tarbiya Bugungi kunda “Yangi O‘zbekiston” da keng qamrovli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo‘ladi[1.1]”. Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda xalqimizning jipsligi, birdamligi va fidoiyligi muhim rol o‘ynaydi. Yuksak ma’naviyatli avlod – Uchinchi Renescans bunyodkori sifatida faollik ko‘rsatishi ham bu boradagi yutuqlarimizni ta’minlashga xizmat qiladi. -200- Uchinchi Renessans g‘oyasini, avvalo, jamiyatimiz chuqur anglab olmog‘i kerak. Har jabhada, sohada qiladigan ishlarimiz, rejayu istiqbol dasturlarimiz, ta’lim- tarbiya va kadrlar siyosati, investitsion siyosat – barchasi unga sharoit va muhit yaratishga qaratilmog‘i lozim. Biz chuqur anglab yetamizki yuksak ma’naviyatli avlodgina Uchinchi Renessansning bunyodkori bo‘la oladi. Buning uchun ularning ongi va qalbiga “Renessans” tushunchasining mazmun-mohiyatini va Uchinchi Renessans milliy g‘oyaga aylanishi zarurligini hamda yoshlarda mafkuraviy immunitetni tarbiyalashga xizmat qilishini singdirib borishimiz zarur. XVI asrning 30-40 yillarida bizda an’anaviy jamiyat uzil-kesil qaror topdi. Ilmiy, badiiy izlanishlarga ijtimoiy ehtiyoj pasayib ketdi. O‘tmish yutuqlari oldida qulluq qilish, ularni ideallashtirish va faqat takrorlashga urinish, yangiliklarga salbiy munosabat shakllandi. Asta-sekin chuqur turg‘unlik va inqiroz boshlandi. Ular noxush ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, diniy-mafkuraviy, regional nizolar va ayirmachilik kabi sabablar bilan qo‘shilib qoloq bo‘lib qolishimizga, XIX asr ikkinchi yarmida milliy mustaqilligimizni yo‘qotishga olib keldi. O‘tmishdan birinchi bo‘lib teran tarixiy xulosa chiqargan — jadid bobolarimiz edi. Ular taklif qilgan islohotlar millatni qayta uyg‘otish, taraqqiyot tomon burishni ko‘zladi. Ammo mustabid hokimiyat jadidlar harakatini avj olmasdan bo‘g‘ib qo‘ydi. Mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o‘tganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qo‘ydi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi IX-XII asrlar, ikkinchisi XIV-XVI asr. Birinchi Renessansda yurtimizdan Farg‘oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar – Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar – Moturidiy va Abul Muin Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling