1 O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonunlari
Imloviy me`yorlar (orfografik)
Download 177.51 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grafik (yozuv) me`yorlari
- Imloviy me`yorlar (orfografik).
- Uslubiy me`yor
7. Imloviy me`yorlar (orfografik). Hozirgi o`zbek adabiy tilining me`yorlari 1956-yil “O`zbek orfografiyasining asosiy qoidalari” ga tayanadi. 72 paragrafdan iborat. 1995-yil yangi lotin alifbosiga o`tish haqida qaror qabul qilindi. Lotin alifbosiga asoslangan yozuvda ham yangi orfografik qoidalar yaratildi. Bo`g’in ko`chirish qoidalariga o`zgartirishlar kiritildi. Demak, imloviy me`yor so`zlarning to`g’ri, xatosiz yozilishiga asoslanadi. 8. Grafik (yozuv) me`yorlari: Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan bo`lib, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat. 9. Punktuatsion me`yorlar: Bu me`yor 10 ta tinish belgisi asosida ish yuritadi (nuqta, vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire, undov belgisi, so`roq belgisi, ko`p nuqta, qo`shtirnoq, qavs)
10. Uslubiy me`yor: Nutq sharoitiga qarab til birliklarining eng ma`qulini qo’llash adabiy tilning uslubiy me`yori hisoblanadi. Sinonimlardan noto`g’ri foydalanish, so`z takror ayrim eskirgan so`zlarni qo`llash nutqni uslubiy jihatdan buzadi. O`zbek tilida so`zlashuvchi kishilar va ijodkorlar uchun o`zbek adabiy tili me`yorlariga rioya qilish majburiy sanaladi. Nutq odobi-umumiy axloqni bezovchi mezon hisoblanadi. O`rta Osiyoda axloqiy tarbiya o`z an`analariga ega. Axloq haqidagi ibratli fikrlar qadimgi turkiy yodnomalar buyuk allomalarning asarlari, yozma yodgorliklar orqali bizgacha yetib kelgan.
Download 177.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling