- Arxaizm va istorizmlarning uslubiy vazifasi. Tilning hozirgi davri uchun
- eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar arxaizm yoki arxaik so‘zlar deb yuritiladi1.
- So‘z ma’nosining eskirishi va turli sabalarga ko‘ra uning o‘rnini boshqa so‘z olishi
- natijasida arxaizm paydo bo‘ladi. Masalan: avaxta (qamoqxona), musofirxona
- (mehmonxona) kabilar o‘zbek tilida bugungi kun nuqtai nazaridan eskirgan so‘zlar
- bo‘lib, ularning o‘rnini yangi so‘zlar egallagan.
- Arxaiklashish hodisasining ko‘rinishlari:
- a) so‘z butun holda, yaxlitligicha arxaiklashadi. Bu leksik arxaizm deyiladi:
- gardun (osmon), davot (siyohdon); b) so‘zning ma’nolaridan biri arxaiklashadi. Bu
- semantik arxaizm deyiladi. Masalan: nishon so‘zining «orden» ma’nosi
- arxaiklashgan, u belgi, alomat, iz, asar ma’nolarida keng qo‘llaniladi (nishon
- qo‘ymoq, nishonga olmoq, undan hech nishon qolmadi).
Neologizmlarning uslubiy vazifasi. Adabiy til doimo yangi so‘zlar - - Neologizmlarning uslubiy vazifasi. Adabiy til doimo yangi so‘zlar -
- neologizmlar bilan boyib boradi. Neologizmlar ishlab chiqarish va ijtimoiy
- munosabatda bo‘ladigan o‘zgarishlar, fan-texnika yangiliklari, san’at, adabiyot va
- publitsistikadagi yangicha tushunchalar – umuman, jamiyatning, hayotning talabehtiyoji
- bilan paydo bo‘lgan so‘zlardir: novator, changlagich, purkagich, izchil,
- ziyokor, biznes, tadbirkor, ishbilarmon, fermer, aksiya va boshqalar.
- Neologizmlarning paydo bo‘lish yo‘llari xilma-xil:
- 1. Tilning mavjud leksik tarkibi va grammatik qonun-qoidalari ba’zasida
- yangi so‘z yasash yo‘li bilan. Bunda so‘z yaxlitligicha neologizm bo‘ladi:
- payvandchi (metall o‘lchovi), ustqurma («nastroyka» ma’nosida), cho‘lquvar (bo‘z
- erlarni o‘zlashtiruvchi ma’nosida).
Do'stlaringiz bilan baham: |