1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/33
Sana21.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1217438
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
media

institutlar... Erkinlik va demokratiya g‘oyalari rivojlanmagan jamiyatda axborot 
texnologiyalarini keng yoyish, qoida tariqasida, imkonsizdir. Va nima uchun 
ekanligi aniq. Axborot texnologiyalari foydalanuvchilarning ma'lumotlar 
banklariga cheksiz kirishini, turli ma'lumotlar almashinuvini, amaliy qarorlarni 
tezkor qabul qilish va amalga oshirishni nazarda tutadi. Ammo bularning barchasi 
nodemokratik mamlakatlarda mavjud emas.
Shunday qilib, axborot texnologiyalarining shakllanishi va rivojlanishi fan-texnika 
va ijtimoiy-siyosiy yutuqlar majmuasi tufayli mumkin bo'ldi. Hukmron kuchlardan 
biriga aylanib, jamiyatni axborotlashtirish global ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, 
axloqiy va boshqa oqibatlarga olib keldi; aftidan, bundan ham katta o'zgarishlar 
yuz bermoqda. Kompyuter inqilobining kutilgan va istalmagan oqibatlari va 
istiqbollari - mutaxassislar bir nechta, odatda uchta kompyuter inqiloblarini ajratib 
ko'rsatishiga e'tibor bering - o'quvchi maxsus adabiyotlar bilan tanishishi mumkin. 
Jamiyatda axborot texnologiyalari ustunligining faqat asosiy falsafiy natijasini 
qayd etamiz. Bu sun'iy va texnik emas, balki axborot yondashuvining ustunligidan 
iborat.
86. Media savodxonlik va axborot madaniyati kommunikativ vosita sifatida 
va foydalanish usullari.
Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan 
foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, 
tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini 
beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar 
majmuidir. Bugungi kunda dunyo ommaviq axborot vositalarida axborotni tanlash 
va to‘g‘ri baholash qobiliyati dolzarb bo‘lib qolmoqda. Media savodxonligi, media 
ta’limi, media madaniyat, soxta va tashviqot axborotlariga qarshilik ko‘rsatish — 
bu kalit so‘zlarning barchasi ikki kunlik seminar trening mohiyatini aks e ttirdi. 
“O‘zbekiston ta’lim tizimiga media savodxonlikni jori y e tish” loyihasi doirasida 
“Media savodxonlik nim a va uni maktabda qanday o‘qitish kerak?” mavzusidagi 
ushbu seminar-trening O‘zbekiston Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish 
markazi, DW Akademiyasi va Germaniya tomoni hamkorligida tashkil e tildi. 


90 
Trening jarayonida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan fikr almashib, “Adolat tili”, 
kontent, Vebler sxemasi kabi yangiliklarga, turli ma’lumot, usul va metodikalarga 
ega bo‘lishdi. 
Xo‘sh, media savodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib 
bormoqda? Axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar 
bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi media savodxonlikka 
ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning 
adabiya sarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. 
Bugun media savodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini 
bilish demakdir. Media savodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima 
maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? Degan savolni bera olishi 
va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Mazkur 
savollar nafaqatsiz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio 
eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har 
qanda y a xborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak. 
Bugungi axboriy muhitni tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat kasb e 
tadi. Avvalo: 
· 
Huquqiy demokratik jamiyatimizning to ‘ laqonli , faol fuqarosi sifatida 
amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun - mohiyatini tushunish ; 
· 
OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash 
ko ‘ nikmalarini shakllantirish ; 
· 
Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo ‘ l qo ‘ ymaslik va har qanday 
vaziyatda to ‘ g ‘ ri qaror qabul qilish ; 
· 
Insonning vizual obrazlar ta ’ siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o ‘ 
zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko ‘ rinmas ma ’ 
lumotlarni “ o ‘ qi y o lish ”; 
· 
OAV orqali beriladigan matn li kommunika ts iyalar mohiyatini tahlil e 
tish; 
· 
Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilayapti, 
kimning manfaatlarini o‘zida aks e ttirayapti, degan savollarga javob topa olish 
uchun zarurdir. Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud 
bo‘lib, AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro e nsiklopediyasida qayd e tilishicha, 
“Media savodxonlik — inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his 
qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, media matnlarni qabul qila olishi, yaratishi, 
tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy 


91 
mazmunini tushuna olishi demakdir”. Medi a savodxonlikning maqsadi har bir 
medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan 
tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har 
qanda y a xborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir. 
Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga 
yordam berishdir. 
Fikrimizcha, media savodxonlik media ta’limning uzviy bog‘liq qismidir. Shu 
bilan birgalikda uning ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Bugungi kunda medianing tahlil 
e tilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya’ni media 
savodxonlik, media ta’lim, mediani o‘rganish va boshqalar bir-biri bilan bog‘liq 
bo‘lsa-da, media axborotni qabul qilish, saralash, tahlil e tish, baholashda media 
savodxonlik tushunchasi bilan birgalikda media ta’lim, mediani o‘rganish, media 
madaniyat tushunchalari ham qo‘llanilyapti. Masalan: 
Media ta’lim 
– media o‘quv dasturida integrallashgan, fanlar aro asosida o‘rganilishini; 
– «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil e tilishini; 
– amaliyish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni; 
– uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‘rganishni; 
– media agentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o‘rganishni; 
– talabaning OAV bilanishlashini; 
– 
tadqiqot faoliyatini; 
– 
medianing til va san’at orqali auditoriyaga ta’sirini o‘rganadi. 
Mediani o‘rganish e sa o‘z navbatida: 
– mediani nazariy jihatdan o‘rganishni; 
– mediani qiyosiy jihatdan tahlil e tishni; 
– uning konseptual tarkibini; 


92 
– media matnni tahlil e tish va uning yaratilish metodikasini; 
– ommaviy kommunika ts iya, kino san’ati va madaniyatshunoslik fanlarining 
o‘zaro bog‘liqligini; 
– OAVning ta’sirini o‘rganadi. 
Media savodxonlik mediani o‘rganish bo‘lib, media ta’limning quyidagi 
natijalariga asoslanadi va o‘z oldiga: 
– medianing shaxs va jamiyatga ta’sirini tushunish; 
– ommaviy kommunika tsi ya jarayonini anglash; 
– media matnlarni tushunish va tahlil eta olish; 
– media kontekstini tushunish; 
– media matnlarni yaratish va ularni tahlil e tish; 
– media matnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi. 
Bugungi kunda media, ya’ni ommavi y a xborot vositalari, kino, teatr, san’atning 
turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday 
ma’lumot insonongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini 
o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning 
qo‘llanilishi va bugungi kunda media ta’lim, media savodxonlik, media tanqid va 
mediani o‘rganishga bo‘lgan i ntilishning asosiy maqsadi ham axborotning 
yaratilishi, uningtarqalish jarayonini tushunib ye tish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, 
ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini 
anglagan holda uni bahola y o lishdir. 
Ayni paytda media ta’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga 
kiritish, o‘quvchila yoshlarga maktablarda ta’lim jarayonida uning asoslarini 
interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan 
shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda 
bahola y o lish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi 
fuqarolik pozi ts iyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan 
voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Asosiy xulosa shuki, biz hammamiz media olamida yashaymiz va har kuni media 


93 
savodxonlik muammolariga duch kelamiz. Yoshlarga bunda y qiyin sharoitda 
o‘zini tutish qoidalari va o‘z-o‘zini himoya eta olishni o‘rgatish juda muhimdir. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling