1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
media
Ijtimoiy tarmoq — bu qiziqishlari
oʻxshash yoki oflayn-aloqaga ega boʻlgan odamlar oʻrtasida muloqot qilish , tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, koʻngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platforma. 95.Ijtimoiy tarmoqlarning jamiyat hayotiga ta’sir muammolari. Unda innovatsion rivojlanish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, UNISEF, INXA universiteti, Yoshlar muammolarini 108 oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari ishtirok etdi. Tadbirni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari D.Toshmuhamedova olib bordi. U oʻz chiqishida ijtimoiy tarmoqlar insonlar hayotiga chuqur kirib borib, yoshlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga ham ijobiy, ham salbiy taʼsir koʻrsatayotganini qayd etdi. Xususan, koʻpchilik yoshlar vakillari uchun real hayotdan koʻra Internetda muloqot qilish qulayroq. Bu shaxsning jamiyatdagi oʻz oʻrnini topishida salbiy iz qoldiradi, uni yanada cheklaydi. Xususan, koʻpchilik yoshlar vakillari uchun real hayotdan koʻra Internetda muloqot qilish qulayroq. Bu shaxsning jamiyatdagi oʻz oʻrnini topishida salbiy iz qoldiradi, uni yanada cheklaydi. Vorkshop ishida INXA universitetining (Janubiy Koreya) xorijlik professor- oʻqituvchilari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti aʼzolari onlayn ishtirok etdi. Ijtimoiy tarmoqlarning hamma uchun qulayligi, tezda axborot almashish mumkinligi, ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻz dunyoqarashini namoyon qilishning eng qulay usuli sifatida foydalanuvchi yoshlar orasida uning juda mashhurligi tufayli hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarning taʼsiri juda yuqori ekani taʼkidlandi. Vorkshop ishtirokchilari hozirgi zamon yoshlarining ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishi, kibersotsiallashuv tahdidi, Internetning taʼsiri va boshqa masalalarni muhokama qildi. Koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati. 96.Axbarot manbalariga qiyosiy va tanqidiy yondashuv. O‘zbekistonda jamoatchilik bilan aloqalar, xalq bilan muloqot muhim ijtimoiy institutga aylanmoqda. Jamoatchilik fikri – fuqarolik jamiyatini o‘zida aks ettiradigan bamisoli 109 bir ko‘zgu ekanligi hayotda o‘z isbotini topmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, “Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz” 1 . O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunida (1-ilova) Axborot xizmatlarining huquqiy asosi mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 125-qarorida (2-ilova) davlat va xo‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlash vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (3-ilova) mazkur sohani yanada rivojlantirishda g‘oyat muhim qadam bo‘ldi. Demak, yuqorida qayd etilgan qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari axborot xizmatlarining huquqiy asosi hisoblanadi. Mazkur qonun va qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti Jurnalistika bo‘limida “Axborot xizmatlari” fani o‘qitilmoqda. Mazkur oliy ta’lim muassasalariga 2019-2020 o‘quv yilidan e’tiboran Axborot xizmatlari yo‘nalishida ham abituriyentlar qabul qilina boshlagani, shu sohada kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan 110 fakultetlar tashkil etilayotgani muhim voqelikdir. Bo‘lg‘usi jurnalistlar jamoatchilik bilan aloqalar (PR) fani nazariyasi va amaliyotini, Axborot xizmatini maxsus kurs orqali o‘rganish bilan bir qatorda respublika yetakchi tashkilotlari, vazirliklar, siyosiy partiyalar va boshqa idoralarning Axborot xizmatlarida mahorat sirlarini o‘zlashtirmoqdalar. Respublikamizdagi qator tashkilotlarning Axborot xizmatlarida hozirgi vaqtda mazkur o‘quv dargohidan yetishib chiqqan kadrlar samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda. 97.Virtual olam va manipulatsiya.Kompyuter òyinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling