1. O'zbekiston ta’lim tizimida Media savodxonlik va axborot madaniyati


Axborot maydonida soxta xabarlar va ma’lumotlar ko‘paymoqda. Feyk — ingliz


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/33
Sana21.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1217438
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
media

Axborot maydonida soxta xabarlar va ma’lumotlar ko‘paymoqda. Feyk — ingliz 
tilidagi “fake”, ya’ni soxta, uydirma, yolg‘on so‘zidan olingan. Bu o‘zbek tiliga, 
ayniqsa, jurnalistlarimiz tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilmoqda. Biroq, ayrim 
holatlarda tushunib-tushunilmasdan, norasmiy ma’lumot ma’nosida ham 
qo‘llanilayapti.
Bu noto‘g‘ri albatta.
ENG MASHHUR SO‘Z Umuman olganda feyk — asosan internet kanallari 
orqali tarqatilishi urf bo‘layotgan soxta xabarlar yoki ma’lumotlardan iborat. 
Ingliz tilining eng nufuzli izohli lug‘atlaridan biri — Collins “fake news”ni 
“yangilik sifatida tarqatiladigan yolg‘on, ba’zan shov-shuvli axborot” sifatida 
tavsiflaydi.
Qayd etish o‘rinliki, jahon matbuotida 2016 yildan buyon ushbu so‘z 
birikmasining ishlatilishi qariyb 400 foizga o‘sgan. Shu sababli Collins 
tuzuvchilari “fake news”ni “2017 yilning eng mashhur so‘zi” sifatida e’tirof 
etganlar.
Feyk odatda ochiqdan-ochiq yolg‘on faktlar, uydirma raqamlardan tashkil topadi. 
Shu sababdan ularni aniqlash va inkor etish professional nuqtai nazardan


46 
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Aksariyat feyklar shov-shuvli, vahimali sarlavhalar 
ostida beriladi.
Ammo feyklarning keng tarqalgan yana bir turi mavjudki, ular har tomonlama 
puxta tayyorlanadi. Go‘yoki muallif rasmiy hujjatlar, tekshiruv-tahlil xulosalariga 
tayanadi. Ko‘rinishidan haqiqiy materialdan farq qilmaydi. Ularni umumiy 
yangiliklar oqimi orasidan payqab olish qiyin.
Aynan shuning uchun ham “puxta yolg‘onlar” omma orasiga ancha chuqur kirib 
boradi. Hatto media va axborot savodxonligi bor kishini ham ishontira olish 
kuchiga ega.Feyk xabarlar kutilmaganda paydo bo‘ladi va uzoq vaqtgacha turli 
ijtimoiy muhokamalar markazidagi “yangilik” sifatida aylanib yuraveradi.
Afsuski, umumiy axborot oqimidan bu turdagi xabarlarni birdaniga topish yoki 
inkor etishning imkoniyati bo‘lmaydi. Buning uchun mutaxassis bo‘lish kerak. 
Lekin har safar internetga kirganingizda, soha eksperti sizning qo‘lingizdan 
yetaklab yurmaydi. Shu sababdan, bu kabi rostga o‘xshagan yolg‘onlarni o‘zingiz 
aniqlashni o‘rganganingiz ma’qul.Biroq, feyk yangiliklarni ajratib olishning oson 
hamda qulay usullari bor va bularni bilib qo‘yish hech kimga zarar qilmaydi.
Avvalo, har qanday “urdi-surdi” sarlavhaga tanqidiy nazar bilan qarang, 
sovuqqonlik bilan yondashing. Ularga ishonishga shoshilmang.
Saytning URL adresiga e’tibor bering. Feyk yangiliklar odatda o‘zini yetakchi, 
jiddiy axborot agentligi qilib ko‘rsatadigan qalbaki saytlar orqali tarqatiladi.
Xabarni o‘qiyotgan manbangiz bilan chuqurroq tanishing. Agar u siz uchun yangi 
bo‘lsa, albatta saytning “Biz haqimizda” deb nomlangan bo‘limiga kiring. 
“Feykchilar” odatda bu joyga hech narsa yozmagan bo‘ladilar.
Xabar matnidagi grammatik yoki uslubiy xatolarga qarang.
Aksariyat holatlarda soxta xabarlar professional jurnalist bo‘lmagan odamlar 
tomonidan tayyorlanadi va shu sababli ularda xatolar, g‘alizliklar ko‘p uchraydi. 
Bu kabi matnlardagi foto va video materiallar ham soxta bo‘lishi mumkin.
Videolarga boshqa ovoz yoki mimika qo‘shib montaj qilinadi. Rasmlar esa 
ko‘pincha “fotoshop”dan o‘tadi.Soxta xabarning e’lon qilingan kuniga e’tibor 
qiling. Ularda ko‘pincha sana ko‘rsatilmaydi. Chunki bunday xabarlar oradan 
yarim yil o‘tsa-da o‘quvchilarni laqqa tushiraveradi.
Muallif qaysi manbaga tayanib, ushbu xabarni tayyorlaganligini bilib oling. Agar 
matnda “hammaga yaxshi ma’lumki” kabi iboralarni ko‘p uchratsangiz va jiddiy 
biron bir manbaga ishora qilinmasa, bilingki, u — feyk.
Aynan, shu mavzudagi xabarlarni boshqa OAVdan ham qidirib ko‘ring. Chunki 
odatda muhim yangiliklarni bir paytning o‘zida boshqa axborot agentliklari, gazeta 
va TV ham beradi. Agar bu haqda faqat bitta notanish manbagina xabar bergan 
bo‘lsa, yolg‘on axborot.Butun dunyodagi kabi O‘zbekistonda ham 
axborotlashtirish sohasidagi munosabatlarning keskin ortishi barobarida mazkur 
sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi ijtimoiy 
munosabatlar, axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ommaviy axborot vositalariga 
bag‘ishlangan XV bob, 67-moddasida “Ommaviy axborot vositalari erkindir va 
qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda 
javobgardirlar”, deb yozilgan.


47 
“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida 
“Axborot olish erkinligining asosiy printsiplari axborotning oshkoraligi, hamma 
olishi mumkinligi, ochiqligi va haqqoniyligidan iboratdir”, deyilgan.
Bulardan tashqari, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi 
qonunning 7-moddasida shunday qoida bor: “Axborotni buzib talqin etish va 
soxtalashtirish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarqatayotgan 
axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda 
qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar”.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Axborot xavfsizligini 
ta’minlash markazi” davlat muassasasi mavjud. Ushbu markaz davlatimiz 
rahbarining 2013 yil 27 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq faoliyat olib bormoqda.
59-
savol:DAROMAD TOPISH.FRILANSERLIK.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling