1. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar


Download 9.42 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi9.42 Kb.
#1446524
Bog'liq
1.O‘zbekistonda


1.O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining
shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
Milliy davlat boshqaruvi tizimi.
Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bo‘lishining quyidagi umumiy g‘oya va prinsiplarini ta’kidlash joiz: 1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi; 2) inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini so‘zsiz tan olish va muhofaza etish; 3) davlat hokimiyatining legitimligi va demokratikligi, ya’ni huquqiy davlatning mavjudligi; 4) barchaning qonun va odil sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, legal muxolifatning mavjudligi; 6) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 7) davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi, davlat bilan fuqarolarning o‘zaro burch va mas’uliyat (javobgarlik) orqali bog‘liqligi; 8) ijtimoiy hamkorlik va milliy totuvlikning ta’minlanganligi; 9) insonlarning munosib hayot kechirishini ta’minlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi lozim.Fuqarolik jamiyati - bu shunday jamiyatki, unda kishilar o‘zaro bog‘liqdirlar hamda bir-birlari va davlat bilan mustaqil ravishda munosabatda bo‘ladilar. Bunday jamiyatda ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotni ta’minlash, uni rivojlantirib, avloddan-avlodga yetkazish davlat bilan jamoat birlashmalarining, shaxs bilan jamoaning munosabatlarini ma’lum darajada mustaqil ravishda olib borish orqali amalga oshiriladi. Bunday jamiyatda shaxs ijtimoiy munosabatlarda o‘zining shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o‘zligini namoyon qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi.O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar o‘tkazish amalga oshirildi. 2008 yil 1 maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqiy maqomini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin.

Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini takomillashtirish O‘zbekistonning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda.


2000-yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomil lashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma – Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi.
2017 yil 6 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi tarkibida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning mexanizmlari belgilab berildi.
Download 9.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling