1. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun amalga oshirilayotgan o’zgarishlar to’g’risida fikringiz
Download 25.91 Kb.
|
11-Mavzu Nazorat savollari 1.O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun amalga oshirilayotgan o’zgarishlar to’g’risida fikringiz. Javob: Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor berildi. . Mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. SHu ma’noda, Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, tarakqqiyotning yangi davri uchun muljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning davlat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to‘la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday o’zgarishlar natijasi fuqarolik jamiyatini barpo etishning yo’nalishlarini tashkil etidi. Bu yo’lda nafaqat davlatimiz, prezidaentimiz, balki, biz yoshlar ham o’z hissamizni qo’shishga haqlimiz va bu bizning burchimizdir. Zero kelajak yoshlar qo’lida. 2. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining o’rni haqida fikringiz. Javob: O’zbekistonda fuqarolim hjamiyatini barpo etishda fuqarolarning o;zini-o’zi boshqarish organlarining o’rni beqiyos albatta. «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi-fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o’z manfaatlaridan, rivojlanishning tarihiy hususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma‘naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an‘analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir». Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda o’zini o’zi boshqarish organlari tizimi tushunchasi va uning huquqiy maqomlari rivojlantirildi va ular ilg’or demokratik mamlakatlardagi huquqiy mezonlar darajasida ifodalana boshlandi. Mamlakatimizda o’zini o’zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asosiy instituti sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. SHuningdek, mazkur organlarning boshqaruv tizimidagi ko’lamining kengayib borishi bilan huquqiy davlatning o’z vakolatlarini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishi uchun qulay va keng imkoniyatlar paydo bo’lmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o’zini o’zi boshqarish organlari (mahalla)ning o’rni beqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta‘kidlaganidek, ―...o’zini o’zi boshqarish organlari - bizning kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor mana shu organlar bo’ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik .Ko’pchilik mamlakatlardan farqli o’laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an‘analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko’rib turibmiz. O’zbekistonda fuqarolar o’zini o’zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o’rnak bo’ladi. Mahalla o’zbeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish uchun yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko’rsatish makoniga aylangan. U o’zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an‘analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma‘naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi muqaddas maskan bo’lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e‘tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat‘i nazar ularni ezgulik yo’lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi. Mahalla, umuman, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organalarining fuqarolik jamiyatidagi roli ularning muayyan hududdagi aholinini birlashtirishi, uni yagona jamoaga aylanishi va faoliyat ko’rsatishiga xizmat qilishidadir. Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munitsipal tuzilmaning aholisi – ―hududiy ommaviy jamoa, ―hududiy jamoa, ―mahalliy hamjamiyat tushunchalari bilan belgilanadi. 3. Kuchli davlatdan – kuchli fuqaroli jamiyati sari konsepsiyasi mazmunini qanday tushinasiz. Javob: Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchillik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi "Mamlakatimiada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi" mavzusidagi ma‘ruzasi faoliyatimizda dasturiy ishlar bo‘lmoqda. Ma‘ruzada davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlament va siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator dasturiy vazifalar, qonunchilik tashabbuslari asoslab berilgan. Davlatimiz rahbari o‘z ma‘ruzasida jamiyat hayotini yanada rivojlantirish va O‘zbekiston taraqqiyotining strategik va muhim yo‘nalishlarini belgilab berdilar. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini riojlantirish kontseptsiyasining qoida va xulosalari asosiy strategik maqsadga erishishga – bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so‘zda emas, balki amalda oliy qadriyat hisoblanuvchi kuchli fuqarolik jamitiga ega bo‘lgan ochiq demokratik huquqiy davlat barpo etishga, O‘zbekistonni dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari safidan o‘rin olishiga erishishga qaratilgan. Kontseptsiya mamlakatning siyosiy tizimini yanada modernizatsiya qilish ishida dasturiy hujjat, O‘zbekistonni isloh qilish va demokratlashtirishda yangi bosqich bo‘ldi. Mazkur kontseptsiyaning hayotga joriy etilishi fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan ijtimoiy hamkorligini kuchaytirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining joylarda ijtimoiy dasturlarni bajarishdagi hamda davlat va jamiyat qurilishiga oid muhim ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishdagi faol ishtirokini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Ma‘ruzada fuqarolik jamiyati institutlaridan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga e‘tibor qaratilib, “fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va xuquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta‘minlashga ko‘maklashmoqda”, deb ta‘kidlandi. Ma‘ruzada davlat hokimiyati organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan birgalikdagi faoliyatini mustahkamlash masalalariga e‘tibor qaratildi. Eng muxim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada oshirishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini huquqiy, moddiy-texnikaviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlari tizimining faoliyatini tartibga soladigan normativ - huquqiy xujjatlarni takomillashtirishga, shuningdek, ularning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamda yoritishga e‘tibor qaratish zarur. Ma‘ruzada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, jamiyatni isloh kilish jarayoniga keng aholi qatlamlarini, xalqning intellektual va ma‘naviy salohiyatini jalb etish imkonini berishi ko‘rsatib o‘tilgan. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida mahalla faoliyatining xuquqiy bazasini yanada takomillashtirish, uning vakolatlarini, samarali ishlash mexanizmlarini kengaytirish ustuvor vazifalar bo‘lib qolmoqda. 4. O’zbekistonda Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari konsepsiyasi yo’nalishida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Javob: Kontseptsiyada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta‘minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, bu borada bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishni nazarda tutadi. Kontseptsiyaning amalga oshirilishi, milliy axborot makonini izchil rivojlantirish, axborot sohasini yanada liberallashtirish, axborot va so‘z erkinligini ta‘minlash, fukarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyati yanada ortishida, shubhasiz, muhim omil bo‘ladi. Shu bilan birga, kontseptsiyada ilgari surilgan qonun tashabbuslari har bir deputatdan tashabbuskorlik, qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida muntazam izlanishii talab etadi. «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini izchil amalga oshirish doirasida aholi keng qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, xalqimiz tarixidan chuqur o‘rin egallagan mustaqil ish olib boradigan, barqaror fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish hamda rivojlantirish uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy va moddiy sharoitlar yaratilgan. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori E.Solihov o‘z ma’ruzasida Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida mazkur institutda ushbu ijobiy demokratik jarayonni chuqur o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi. Monitoring tadqiqotlari natijalari mamlakatimizni demokratik modernizatsiya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyati muttasil oshayotgani, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning fuqarolik ongi hamda siyosiy-huquqiy madaniyatining barqaror o‘sayotganidan dalolat beradi. Bu esa kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim shartidir. Mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va jamg‘armalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Ular O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining institutsional tuzilmasini tashkil etadi va fuqarolarning mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni bajarishda faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi, fuqarolik institutlarining huquq hamda qonuniy manfaatlariga rioya qilish kafolatlari, ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishga oid tamoyillar mustahkamlab qo‘yilgan. Bu borada qabul qilingan jami ikki yuzdan ortiq qonun hujjatlari mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini izchil rivojlantirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2005-yil 23-iyunda qabul qilingan “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ushbu ijobiy jarayonni rivojlantirish, ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishda fuqarolik institutlari rolini kuchaytirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial va ishbilarmonlik faolligini oshirishga yordam bermoqda. 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilingandan so‘ng bu jarayon yanada jadallashdi. Ushbu hujjatga binoan mamlakatimiz oliy qonunchilik organi huzurida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda ushbu fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi. 2008-2012-yillarda davlat byudjetidan Jamoat fondiga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan turli jabhalarda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun 22,4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilining o‘rinbosari Yako Sillersning ta’kidlashicha, “fuqarolik jamiyati har qanday mamlakatni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Fuqarolik institutlariga islohotlarni amalga oshirishda, jumladan, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda asosiy mexanizmlardan biri sifatida qaralishi juda muhim. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish uchun shakllangan huquqiy baza, davlatning fuqarolik institutlarini qo‘llab-quvvatlashi, xususan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi, ularning davlat organlari bilan o‘zaro hamjihatligi, ko‘plab jamoat tashkilotlari amarali faoliyat ko‘rsatishida muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda ushbu barcha yo‘nalishlarda muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Shunisi quvonarliki, fuqarolik jamiyati sohasida faollik kuchaymoqda. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy yuksaltirish, aholi turli qatlamlarining hokimiyat organlari bilan samarali aloqalarini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati institutlari rolini oshirish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, bunda mazkur konferensiya kabi muhim tadbirlarning o‘tkazilishi ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu kabi tadbirlar natijasida davlat va jamiyat o‘rtasidagi amaliy muloqot rivojlanmoqda”. “O‘zbekistonda davlat fuqarolik jamiyati va uning institutlarini, jumladan NNTlarni rivojlantirishga katta yordam bermoqda, – dedi ekspert Xvan San Chel (Janubiy Koreya). – Bizning Osiyo madaniyati va rivojlanish institutimiz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy yordam ko‘rsatish dasturini amalga oshirishda hamkorlik qilmoqda. Toshkentdagi yetakchi klinikalar bazasida faoliyat yuritib, birgalikda operatsiyalar, gumanitar aksiyalar o‘tkazmoqdamiz. Shu bilan birga, chekka tumanlar aholisiga yuqori malakali maslahat va davolash yordamini ko‘rsatish uchun ko‘chma ixcham klinika faoliyat yuritmoqda. Bu faoliyat aholiga manzilli ijtimoiy yordam berish doirasida amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda keng rivojlangan bu jarayon, xususan, NNT tarmog‘i va mahalla orqali amalga oshirilmoqda. 5. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining aholi muammolarini hal etishdagi o’rni: muammolar va yechimlar (sizningcha…) Javob: Mamlakatingizda tobora mustahkamlanib borayotgan fuqarolik jamiyati tuzilmasi O‘zbekistonda odamlarning ko‘plab muhim muammolarini hal etishga ko‘maklashmoqda. Bu esa rivojlanish jarayonida davlat va jamiyatning o‘zaro samarali hamkorligiga yorqin misol bo‘la oladi”. Tadbirning xorijlik ishtirokchilari O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari (OAV) yuqori darajada rivojlanayotgani, mamlakatimizda OAV samaradorligi va mustaqilligini, islohotlarning ochiq-oshkoraligini ta’minlash, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirilayotgani hamda bu ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladilar. Bunga mustaqil OAVni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ularning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan tizimli hamda bosqichma-bosqich ishlar ham yordam bermoqda. Bu borada “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qarori sohani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, o‘z tarkibida yuzdan ortiq elektron ommaviy axborot vositasini birlashtirgan Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi jurnalistlar, nodavlat OAV, jumladan elektron media-tuzilmalarni tizimli asosda qo‘llab-quvvatlamoqda. 2009-2012-yillarda Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan o‘tkazilayotgan grant tanlovlarida ishtirok etayotgan OAVlar soni to‘rt barobarga ko‘paydi. Bu davrda OAVni rivojlantirish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan grant mablag‘lari hajmi ham 25 baravardan oshdi. Bularning barchasi mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining ham sifat, ham son jihatidan ko‘payishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 1991-yildan buyon ularning soni 395 dan 1326 taga ko‘paydi, ularning qariyb 60 foizi nodavlat OAV hisoblanadi. Joylardagi dolzarb muammolarni aniqlash va yoritishda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, birinchi navbatda, hududiy OAVning roli, shuningdek, ularning tanqidiy materiallari ta’sirchanligi oshdi va ushbu materiallar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘p partiyali tizimning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bilan belgilangan. “Parlamentdagi ko‘pchilik” va “parlamentdagi ozchilik” tushunchalariga aniqlik kiritilgan, mamlakatimiz parlamenti quyi palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya Bosh vazir nomzodini taklif etish, uni egallab turgan lavozimidan ozod etish tashabbusini bildirish huquqlariga ega. Mazkur qonun hujjatlarining amalga oshirilishi ko‘p partiyali tizimni mustahkamlashga katta ta’sir ko‘rsatdi, parlament, mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatida, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning ishtirokini kengaytirish asoslarini yaratdi. Ayni paytda mamlakatimiz parlamentida to‘rt siyosiy partiya fraksiyalari, shuningdek, O‘zbekiston Ekologik harakatining deputatlar guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda. Partiyalararo raqobat darajasi oshdi, fraksiyalararo kurash, fraksiyalarning o‘z elektorati manfaatlarini himoya qilish, ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, joylarda qonunlar ijrosini tekshirish ishlari kuchaydi. 2012-yilda 2011-yilga nisbatan Xalq deputatlari kengashlaridagi partiyalar guruhlaridan deputatlik so‘rovlari soni 33,2 foizga ko‘paydi. Mansabdor shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, davlat dasturlarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish amaliyoti faol qo‘llanilmoqda. “O‘zbekistondagi ko‘plab fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqdamiz va bu bizga katta ijobiy tajriba bermoqda, – deydi “Mintaqaviy muloqot” NNTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktorining o‘rinbosari Katya Gershak (Sloveniya). – Fuqarolik jamiyati – demokratik davlat barpo etishning muhim tashkiliy qismidir. Uning mohiyati shundaki, odamlar bir-biriga yordam beradi. O‘zbekistonda bunday hamkorlikka odamlar farovonligi yo‘lida faoliyat ko‘rsatayotgan turli jamoat tashkilotlari ishiga fuqarolar ham jalb etilayotgan mahalla instituti yorqin misol bo‘la oladi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ko‘maklashayotgan yana bir ijobiy tajribani misol tariqasida qayd etishni istardim. Ayni paytda yangi qonunlarning ishlab chiqilgan loyihalarining jamoat tomonidan keng muhokamasi tashkil etilgan». O‘zbekistonda davlat boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida vazifalarning bir qismini jamoat tashkilotlari, shu jumladan fuqarolarning mahalla kabi noyob o‘zini o‘zi boshqarish organiga bosqichma-bosqich o‘tkazish muhim masalalardan biridir. Mamlakatimizda fuqarolarning 10 mingga yaqin o‘zini o‘zi boshqarish organlari ilgari mahalliy hokimiyat organlarining alohida huquqlari doirasiga kirgan o‘ttizdan ortiq vazifani bajarmoqda, chunonchi, joylardagi ijtiimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jamiyatimizda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish, barkamol yosh avlodni tarbiyalash, aholi bandligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni obodonlashtirish kabi ko‘plab masalalarni samarali hal etmoqda. 6. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan fikringiz va qanday takliflar bera olasiz? Javob: Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining joylarda fuqarolar tomonidan qo‘yilayotgan zarur masalalarni, yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, ijtimoiy sohaning samarali faoliyat yuritishi, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash masalalarini hal qilishdagi roli ortib bormoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari 20 noyabrda Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi bilan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qo‘shma majlisida muhokama qilindi. Qo‘shma majlis “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini o‘rganish natijalarini ko‘rib chiqdi. Majlisda senatorlar va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputatlari, Toshkent shahar tumanlarining hokimlari va ularning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya, Ichki ishlar, Adliya vazirliklari, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti, Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Mahalla” jamg‘armasi va uning Toshkent shahar va tuman bo‘limlari vakillari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar va tuman bo‘limlari Kengashlarining raislari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, shuningdek, Toshkent shahar huquqni muhofaza qilish organlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar. Majlisda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish jamiyatni isloh qilish jarayoniga keng aholi qatlamlarini, xalqning intellektual va ma’naviy salohiyatini jalb etish imkonini berishi ko‘rsatib o‘tildi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida mahalla faoliyatining huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, uning vakolatlarini, samarali ishlash mexanizmlarini kengaytirish ustuvor vazifalar bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shu yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasida “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda”, deb ta’kidladi. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijro etilishini o‘rganish natijalari Toshkent shahri hududida o‘z faoliyatini mazkur qonun asosida amalga oshirayotgan 474 ta mahalla fuqarolar yig‘ini ish olib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida va uning doimiy komissiyalari majlislarida mazkur qonunning u yoki bu normalari talablari bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar muntazam ko‘rib borilmoqda. Barcha fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning 315 nafari oliy ma’lumotli, 127 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli, 32 nafari o‘rta ma’lumotli. Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning 90 nafari ayollardir. Barcha fuqarolar yig‘inlarida diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishlab turibdi. Fuqarolar yig‘inlari huzurida maxsus komissiyalar tuzilgan bo‘lib, ular shahardagi 150 ta to‘yxonada to‘ylar, oilaviy tantanalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirmoqda, dabdababozlik, ortiqcha isrofgarchilik hollariga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni olib bormoqda. Shahardagi 474 ta fuqarolar yig‘inidan 456 tasi binolar bilan, 411 tasi kompyuter texnikasi bilan, 469 tasi telefonlar bilan ta’minlangan. Shahar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari kommunal xizmat korxonalari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birga fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqining o‘z vaqtida batamom to‘lanishini tashkil etmoqda va nazorat qilmoqda. Qonun talablariga muvofiq, fuqarolar yig‘inlari tuman hokimliklari, tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan hisobotlarini tinglamoqda. Fuqarolarning yig‘inlari ko‘magida 2010 yilning to‘qqiz oyi ichida 69973 ta yangi ish o‘rni, shu jumladan kasanachilikni tashkil etish hisobiga 7597 ta, ijtimoiy sohani rivojlantirish hisobiga 2779 ta ish o‘rni tashkil etildi. Majlisda mazkur qonun ijrosini ta’minlashda mavjud bo‘lgan ba’zi xato va kamchiliklarning sabablari ham tahlil qilindi. Chunonchi, ayrim fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari va arizalarini ko‘rib chiqish ishlari yetarlicha amalga oshirilmayotir, o‘z vakolatlarini oshirib yuborish hollariga yo‘l qo‘yilmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati ommaviy axborot vositalarida yaxshi yoritilmayotir. Muhokama asnosida senatorlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ijro etish mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish samaradorligini oshirish, mahallani manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, davlat boshqaruv organlari faoliyatini ijtimoiy nazorat qilish tizimida mahallaning vazifalarini kengaytirish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdilar. Muhokama yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi. Mana shunday ishlar natijasida mamlakatimizda o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyati yanada kuchayib, davlat va jamiyat hayotida o’z o’rniga chuqurroq ega bo’lmoqda. Download 25.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling