1. O’zbekistonning diplomatik munosabatlari va tamoyillari Kanada bilan O’zbekistonning diplomatic munosabatlari


Download 201.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi201.99 Kb.
#1621174
1   2   3   4
Bog'liq
Safarova Hayitgul

 
 
 
 
 
 
 


Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari — Ikki mamlakat oʻrtasida savdo-
iqtisodiy munosabatlar 1996-yildan bir muncha osha boshladi. 1998-
yilda 
Oʻzbekistonning
 
Kanadaga
 eksporti xizmat koʻrsa-tish, 
qora metall
 va 
undan yasalgan buyumlarni yuborishdan iborat boʻldi. Oʻzbekiston Kanadadan 
elektr asbob-uskunalari, plastmassa, oyna, poligrafiya sanoati mahsulotlari, sut, 
goʻsht va baliq mahsulotlari sotib oldi. 1999-yil yakuni boʻyicha mamlakatlar 
oʻrtasidagi tovar aylanma 15,68 mln. AQSH dollarini tashkil 
etdi. 
Oʻzbekistondan
 Kanadaga eksport keskin oʻsib, ijobiy saldo 6,77 
mln. 
AQSH dollariga
 yetdi. 1999-yil 17 iyunda ikkala mamlakat hukumatlari 
oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va 
sarmoya soligʻi toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish haqida konvensiya 
imzolandi. 
Kanadaning turli kompaniya va notijorat tashkilotlari Oʻzbekistonning 
mineral xom ashyo va neft-gaz konlarini ishga tushirishda qatnashishga gʻoyat 
qiziqib qaraydi. Navoiy viloyatidagi Tandir maydonini geologik jihatdan 
birgalikda oʻrganish toʻgʻrisida 1998-yil oktabrda Oʻzbekiston Geol. va 
mineral resurslar davlat qoʻmitasi bilan "Xebron Fiord Resourses Ink" 
kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomada Kanada tomoni salkam 4,5 mln. 
AQSH dollari sarflashi koʻzda tutilgan. Kompaniya mutaxassislari belgilangan 
ish dasturini bajarishga kirishdi. Toshkent aviatsiya i.ch. birlashmasi 
Kanadaning "Pratt end Uitni" kompaniyasi bilan Ilyushin Il-114 samolyotlari 
uchun PW-127 dvigatellarini yetkazib berish sohasida bevosita hamkorlik qila 
boshladi. Oʻzbekiston aloka va axborotlashtirish agentligi Kanadaning "Nortel 
Telekom" kompaniyasi bilan 1993-yildan buyen hamkorlik qilib kelayotir. 
Keyingi 8 yil mobaynida ushbu kompaniya bilan jami 29 mln. AQSH dollari 
qiymatiga ega boʻlgan 8 ta shartnoma amalga oshirilib, OʻzbekistonAmerika 
"Oʻzdunrobita" qoʻshma korxonasi uchun asbob-uskunalar yetkazib berildi. 
OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Kanadaning bir qancha moliya 
muassasalari bilan aloqa oʻrnatgan. Ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan va 
texnika sohasida, jumladan, bir-birlariga talabalar, aspirantlar, oʻqituvchilar va 
mutaxassislar yuborish, ularning malakasini oshirish borasida hamkorlik yoʻlga 
qoʻyilgan. OʻzRda 2000-yil boshlarida Kanadalik sarmoyadorlar ishtirokidagi 
13 korxona roʻyxatga olingan.




Download 201.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling