1. O’zbekistonning diplomatik munosabatlari va tamoyillari Kanada bilan O’zbekistonning diplomatic munosabatlari


O‘zbekiston Kanada bilan Toshkentda viza markazini ochish


Download 201.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi201.99 Kb.
#1621174
1   2   3   4
Bog'liq
Safarova Hayitgul

O‘zbekiston Kanada bilan Toshkentda viza markazini ochish 
masalasini muhokama qildi 
31-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir 
Norov Kanadaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi 
Moskva shahrida) Elison Meri Lekle rni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar 
rasmiy vakili 
xabar berdi
 
Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili 
Ma’lum qilinishicha, uchrashuv davomida Kanada elchisi O‘zbekistonda 
davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan ulkan 
o‘zgarishlarni yuksak baholagan. Dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay 
O‘zbekiston islohotlar yo‘lidan izchil harakatlanishda davom etayotgani e’tirof 
etilgan. Kanada hukumati O‘zbekistonga bu yo‘nalishda ko‘mak berishga 
tayyorligi aytib o‘tilgan. 
Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili 
Tomonlar ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama 
qilgan. Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda ushbu mamlakatning yetakchi 
oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish, iqtisodiyotning turli sohalarida 
birgalikda kadrlar tayyorlash masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan. 
Oʻzbekistonning Kanadadagi elchixonasi (qarorgohi Vashingtonda) Kanada 
eksportni rivojlantirish korporatsiyasining Yevrosiyo boʻyicha bosh vakili 
Darsi Ferron, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika boʻyicha mintaqaviy 
direktori Robert Kemeron bilan muzokaralar oʻtkazdi. 
Videokonferensiyada elchi Javlon Vahobov yirik investitsiya loyihalari 
doirasida respublikaning xorijiy moliya institutlari bilan hamkorligining 
ustuvor yoʻnalishlari haqida batafsil soʻzlab berdi. Jahon banki, Xalqaro 
valyuta jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot 
banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va boshqa xalqaro 
moliyaviy institutlar, shuningdek, xorijiy eksport kredit agentliklari kabi 
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga alohida eʼtibor qaratilayotgani 
aytib oʻtildi. 
Shuningdek, ishtirokchilarga neft-gaz va togʻ-kon sanoati, mashinasozlik, 
qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik, turizm va boshqa sohalar 
haqida batafsil maʼlumot berildi. 


Darsi Ferron Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va 
chet el biznesi uchun ochilayotgan imkoniyatlarni hisobga olgan holda, 
Kanada eksportni rivojlantirish korporatsiyasi respublika hukumati va 
moliyaviy institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalasini katta 
qiziqish bilan oʻrganayotganini taʼkidladi. Korporatsiya Kanada 
kompaniyalaridan arizalar kelib tushsa, Oʻzbekistondagi investitsiya 
loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha takliflarni qabul qilishga tayyor ekani 
maʼlum qilindi. 
Kanada 
eksportni 
rivojlantirish 
korporatsiyasining 
Istanbuldagi 
vakolatxonasi Oʻzbekiston yoʻnalishini muvofiqlashtiradi, shuningdek 
respublikada biznes qilishni rejalashtirgan Kanada kompaniyalariga yordam 
beradi. Darsi Ferronga koʻra, soʻnggi besh yil ichida korporatsiya 
Oʻzbekistonga, asosan, qishloq xoʻjaligi va togʻ-kon sanoatini rivojlantirish 
uchun Kanada kompaniyalari hamda 4 ta kichik va oʻrta korxonaga 7,6 
million dollar ajratgan. 
Suhbat davomida korporatsiya vakillari elchixonaning Oʻzbekistonda 
Kanada ilgʻor texnologiyalari asosida goʻsht ishlab chiqarishni tashkil etish 
boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini koʻrib 
chiqish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatladi. Elchining taʼkidlashicha, 
2020-yil respublikada chorvachilik sohasida 84 yangi loyiha amalga 
oshiriladi va goʻshtni qayta ishlash korxonalari tashkil etiladi. 
Muzokaralarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi delegatsiyasining mol 
goʻshti yetishtirish va eksport qilish, shuningdek, qoramollar soni boʻyicha 
Kanadada yetakchi boʻlgan Alberta viloyatiga tashrifini tashkil etish 
masalasi muhokama qilindi. 
Oʻz navbatida, Kanada eksportni rivojlantirish korporatsiyasining Yevropa, 
Yaqin 
Sharq 
va 
Afrika 
boʻyicha 
mintaqaviy 
direktori Robert Kemeron korporatsiya Kanada kompaniyalarining 184 ta 
xorijiy mamlakatda investitsiyalarini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi. 
Mijozlarni chet elda qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish maqsadida 
korporatsiya 17 mamlakatda oʻz vakolatxonalarini ochgan. 
Bundan tashqari korporatsiya 200 dan ortiq tashqi bozorda, shu jumladan 
130 rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat yuritadigan kompaniyalarga 
yordam beradi. Natijada, korporatsiyaning bevosita koʻmagi bilan 2019-yilda 
510 mingdan ortiq ish oʻrni yaratilgan, shuningdek, Kanadaning 542 


kompaniyasi va xalqaro moliyaviy institutlar oʻrtasidagi aloqalarni 
oʻrnatishda yordam koʻrsatgan. 
Uchrashuv yakunida Kanada eksportni rivojlantirish korporatsiyasi vakillari 
Oʻzbekiston bozoriga kirish va biznes loyihalarni amalga oshirishdan 
manfaatdor boʻlgan Kanada kompaniyalari bilan hamkorlikni oʻrnatish 
imkoniyatlarini oʻrganishni tasdiqladi. Shuningdek, Kanada tomoni 
respublikaga investitsiya loyihalarini taqdim etish uchun Kanada biznes 
hamjamiyati orasida qoʻshma onlayn-biznes brifinglarni tashkil etishga 
tayyorligini bildirdi. 
Kanada 
eksportni 
rivojlantirish 
korporatsiyasi 
1944-yil 
Kanada 
kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va 
ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Hozirgi kunda korporatsiya 
Kanadadagi korxonalarga eksportni moliyalashtirish boʻyicha xizmatlar 
koʻrsatadigan asosiy moliya institutidir. 
Kanada korxonalarining tashqi iqtisodiy operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash 
doirasida korporatsiya oʻz mijozlariga eksportni sugʻurtalash, eksportni 
kafolatli qoʻllab-quvvatlash va eksportni moliyalashtirish, shuningdek 
konsalting xizmatlarini taklif etib kelmoqda 
Foto: Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili 
O‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tomonlar Toshkent shahrida 
Kanada viza markazini ochish masalasini o‘rganishga kelishib olingan.
Oʻzbekiston-Kanada parlamentlararo aloqalarini rivojlantirish istiqbollari 
muhokama etildi 
Joriy yil 29-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 
Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 
rektori S.Safoyevning Kanada-Oʻzbekiston doʻstlik guruhi raisi Z.Abultaif 
bilan videokonferensiya formatida uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 
Uchrashuv davomida tomonlar siyosat, iqtisodiyot va parlamentlararo 
hamkorlik sohalarida Oʻzbekiston-Kanada hamkorligining bugungi holati va 
uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdi. 


Bundan tashqari, uchrashuvda taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni 
yanada faollashtirish, xususan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 
va Alberta universiteti oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari 
muhokama etildi. 
Parlament aʼzosi bu sohadagi hamkorlik istiqbollarini qayd etib, Kanadaning 
tegishli muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va axborot 
almashish, ilmiy-uslubiy resurslarni jalb etish, qoʻshma ilmiy-tadqiqot 
dasturlari va stajirovkalarni tashkil etishga oʻz hissasini qoʻshishga 
tayyorligini bildirdi. 
Kanada parlamenti vakillari bilan uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston-
Kanada parlamentlararo munosabatlari masalalari yuzasidan doimiy 
aloqalarni davom ettirish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. 
Shu kunlarda O'zbekiston-Kanada aloqalari 
faollashgan
. O'zbekistonning 
AQShdagi elchisi Javlon Vahobov Kanada bilan munosabatlarga ham mas'ul. 
Vahobov sal oldin Ottavada bo'lib muzokaralar o'tkazgan edi. Bu hafta 
Vashingtondagi elchixona va Kanada parlamenti orasida muloqot kechgan.
Reychel Bendayan, Kanada Qonunchilik palatasining liberal a'zosi hamda 
Kichik bizneslar, eksport masalalari va xalqaro tijorat vazirligiga 
parlamentdan turib kotiblik qiluvchi siyosatchiga ko'ra, uning davlati 
O'zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini quvvatlaydi va bu borada 
ko'maklashadi. 
O'zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov va Kanada 
parlamenti a'zosi Reychel Bendayan onlayn muloqotda
Kanada va O'zbekiston orasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish haqida gap 
ketgan. Kanada respublika bilan qishloq xo'jaligi, konchilik, mashinasozlik va 
turizm sohalarida yaqindan ishlamoqchi. Parlamentlararo hamkorlik yo'lga 
qo'yiladi va ikki davlat orasida rasmiy safarlar va almashinuv jadallashishi 
kutilmoqda. 
O'zbekistonda Kanada elchixonasi yo'q. Yaqin kelajakda ochilishi ehtimolini 
rasmiylar inkor etmaydi 


O‘zbekiston Kanada bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini rivojlan
tirishga muhim e’tibor qaratmoqda va siyosiy, savdo-iqtisodiy, 
investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi o‘zaro foydali hamkorlikni 
rivojlantirishga intilmoqda. 
Davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yilning 7-aprelida 
o‘rnatilgan. Ikki 
tomonlama aloqalar O‘zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingto
n shahrida bo‘lgan Kanadadagi Elchixonasi hamda Kanadaning qarorgohi 
Moskva shahrida bo‘lgan O‘zbekistondagi Elchixonasi darajalarida olib 
borilmoqda. 1997 yildan buyon Toshkentda Kanadaning Fahriy Konsulligi 
faoliyat yuritib kelmoqda. 
Ikkitomonlama munosabatlarda tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida olib 
borilayotgan 
muntazam siyosiy maslahatlashuvlar muhim ahamiyatga ega. Ikkitomonla
ma hamkorlikni mustahkamlash uchun “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda amalga 
oshirish o‘zaro muloqotlarga tizimli tus berilmoqda. Davlatlaro‘rtasidagi 
o‘zaro tashriflar muntazam ravishda tashkil etilmoqda. 
Tomonlar o‘rtasida, xususan, Kanadaning Rossiya va Yevroosiyodagi 
ishbilarmonlar assotsiatsiyasi (CERBA) orqali o‘zaro savdo-
iqtisodiy hamkorlik bosqichma-bosqich rivojlanishda davom etmoqda. 
Jumladan, Kanada delegatsiyasi Toshkent shahrida o‘tkazilgan «UzMining 
Expo-2017» Xalqaro ko‘rgazmasida eng faol ishtirokchilaridan bo‘ldi, 
diplomatik munosabatlarining 25 yilligi arafasida esa, Toshkentga tog‘-
konsanoati sohasida faoliyat olib boruvchi Kanada biznes-
jamiyati vakillaridan iborat ikki davlat hamkorligi tarixidagi eng ulkan b
iznes-delegatsiyaning tashrifi amalga oshirildi. 

Download 201.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling