1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari


#23. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati


Download 42.89 Kb.
bet8/23
Sana07.03.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1243997
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
tarix javoblar

#23. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida O‘zbekistonning “Mustaqillik Deklaratsiya”si qabul qilindi .. Bu muhim hujjat O‘zbekistoning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. O‘zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi (1990-yil 18-iyunda) boshlanishidayoq mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qatʼiy talab etdilar. 19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matni batafsil ko‘rib chiqildi. Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi. “Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta taʼkidlandi. Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O‘zbekiston rahbariyati va xalqi mustaqillik sari dadil qadam qo‘yaverdi
#24.O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari.Mustaqillikning asosiy ramzlaridan biri hisoblangan milliy bayroq 1991-yil 18-noyabrda qilindi. Bayroqdagi moviy rang – mangu osmon va musaffo suv ramzidir .Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Qizil yo‘llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang – serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadimdan barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi. Davlat bayrog‘i – bizning o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2- iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. Gerbning markazida tasvirlangan – qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi – baxt-saodat va erksevarlik ramzidir.Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U “qutlug‘” degan maʼnoni anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri – davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsolidir. Аyni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko‘rsatib turadi. Boshoqlar – rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari – serquyosh yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimizning ramzidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilgani – bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuv tilla rangda, g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangda, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan. Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda keng qo‘llaniladi.
“O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida qabul qilindi. Shoir Аbdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi.

#31.Manzilli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda mahallaning o'rni .Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni beqiyosdir. Zero, boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Аyniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, anʼanalari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganini yaqqol ko‘rib turibmiz.Mahallaning tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab asrlar davomida o‘zgarib turgan, ammo u o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan.Mahalla o‘zini o‘zi boshqarish organlarining eng yorqin ko‘rinishi, ayni paytda fuqarolik jamiyatining asosi va tayanchi deb tan olingani bilan ham o‘zining yuksak mavqeyiga ega. U yuksak madaniyat va kishilar o‘rtasidagi munosabatlar maʼnaviyatiga asoslanadi.Mustaqillik yillarida mahalla hayoti bilan bog‘liq ko‘plab qadriyatlar, udum va anʼanalarimiz qayta tiklanib, zamon talablari asosida boyib bormoqda. Shu bilan birga, mahallaning huquq va vakolatlari kengaytirilmoqda, ular bugun o‘zini o‘zi boshqarish idorasi, haqiqiy demokratiya darsxonasi sifatida keng ko‘lamli faoliyat olib bormoqda. Bu borada Janubiy Koreyaning Koreyashunoslik akademiyasining professori Xan Do Xyon taʼkidlaganidek, “O‘zbekistonda mustaqillik yillarida mahallaning noyob tarixiy roli qayta tiklandi va boyidi. O‘zbekistonning barcha hududida, katta shaharlar bilan bir qatorda, uzoq tumanlarda ham mahallalarning faoliyat ko‘rsatayotgani O‘zbekistonda davlat boshqaruvi xalq va davlatning yaqinhamkorligi asosida qurilganidan dalolat beradi. Mahalla instituti umuminsoniylik o‘lchovida katta qadriyat kasb etadi. Shu bois uni YuNESKOning Umumjahon nomoddiy meros obʼyektlari ro‘yxatiga kiritish zarur, deb hisoblayman”, deya fikr bildiradi.O‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning eng oliy shakli mahalladir. O‘zini o‘zi boshqarishning mazkur shakli asrlar osha yashab kelmoqda. Mahalla mamlakatimizda ko‘p asrlardan buyon mavjud bo‘lsa-da, O‘zbekiston davlat mustaqilligidan keyingina munosib ijtimoiy-huquqiy maqomga ega bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qatʼiy belgilab qo‘yildi. Uning 32-moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanliklari, bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishiga oid norma o‘z ifodasini topdi.
Shuningdek, “Mahalla” so‘zi asli arabcha “joy”, “o‘rin”, maʼnosini anglatadi. Respublika Konstitutsiyasining 105-moddasida shaharcha, qishloq va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning huquqiy o‘rni belgilab qo‘yilgan. Аsosiy Qomusimizning 105-moddasi bilan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi.

Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling