1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari


#22Mustaqillikka erishish arafasida ekologik muammolar


Download 42.89 Kb.
bet7/23
Sana07.03.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1243997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
tarix javoblar

#22Mustaqillikka erishish arafasida ekologik muammolar.O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlari haqiqatda paxta ishlab chiqarish va uni qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi. Respublikada mamlakat va bir qator xorijiy davlatlardagi paxta yetishtiradigan mintaqalar ehtiyojini qondiradigan darajada qudratli paxtachilik mashinasozligi barpo etildi. O‘zbekiston jahondagi eng yirik paxta yetishtiruvchi hududga aylandi. Lekinbularning barchasi butun mamlakat manfaatlari, ittifoqning iqtisodiy va siyosiy qudrati rivoji uchungina edi. Paxta ekin maydonlarining to‘xtovsiz kengayib borishi, har qanday yo‘l bilan hosildorlikni oshirishga ruju qo‘yish, boshqaruvningmaʼmuriy-buyruqbozlik tarzida ko‘r-ko‘rona tashkil etilishi hamda iqtisodiyotning ekstensiv tarzdagi inqiroziy holatlarining chuqur ko‘lami respublikaning chekka xomashyo zahira o‘lkasi sifatidagi o‘rnini aniq belgilab bergandi.
Ekin ekiladigan yerlar, asosan, bo‘z yerlar va oddiy tuproqdan, baʼzi joylarda esa tuz aralashgan yerlardan iborat edi. Shu bois O‘zbekistonda yer ko‘proq o‘g‘itlanar edi. Qadimdan mahalliy aholi yerlarni daryolardagi suvlar bilan sug‘organida, loyqa suv bilan uning tarkibida o‘simliklar uchun foydali turli moddalar ham oqib kelgan. Bular yerning quvvatiga quvvat qo‘shgan, tuproqqatlami ham loyqa hisobiga o‘sib borgan. Kanallar qurilishi bilan ular orqali sug‘orilgan yerlarga suv omborlarida obdon tingan muzdek suvlar kelishi ham yerning tarkibini o‘zgartirib yuborgandi.
Vaqt o‘tishi bilan maydonlar oriqlab, yerning hosildorligi imkoniyatlari kamayib, yer eroziyasi kuchaydi. Oxir-oqibatda ko‘proq mineral o‘g‘it solinmasa yerdan hosil olish mumkin bo‘lmaydigan darajaga kelib, tuproqdagi yo‘qolgan moddalarning o‘rnini mineral o‘g‘itlar bilan qoplash zaruriyati kuchaydi. 1984-yilga kelib respublikada 600 ming ga yer tezda meliorativ ishlar olib borilishini talab qiladigan holatga tushib qoldi.Аsosan, serhosil bo‘lgan Farg‘ona va Zarafshon vodiylarida sho‘r yuvish zarurati kelib chiqdi. Sho‘rxok yerlar respublikaning Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonning katta qismini tashkil etdi. 1985-yilga kelib respublikada sho‘rlangan yerlar sug‘oriladigan maydonlarning jami 25 foizini tashkil etdi. O‘sha yilning o‘zidagina haddan tashqari sho‘rlanib ketgani bois besh ming gektardan ko‘proq yer qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarib tashlandi.Shuni alohida taʼkidlash joizki, paxta yakkahokimligining kuchayishi oziq ovqat mahsulotlari, yem-xashak yetishtiriladigan yerlarga, chorvachilikka ham taʼsir etdi. 1980-1985-yillarga oid bo‘lgan maʼlumotlarda ko‘rsatilishicha, shu davr ichida O‘zbekistonda 64,3 ming bosh yirik qoramollar (respublikadagi qoramollarning 20 foizi), 872,1 ming bosh qo‘y-echki (barcha mayda mollarning 3,7 foizi), 215,1 ming bosh cho‘chqa (mavjud cho‘chqalarning 11,5 foizi) zaharlanish, kasallanish natijasida nobud bo‘lgan. Bulardan kelgan zarar esa besh yil ichida 85,6 million rublni tashkil etdi.

Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling