1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari
#48Mustaqillik yillarida ijtimoiy siyosatni rivojlantirishning asosiy bosqichlari
Download 42.89 Kb.
|
tarix javoblar
#48Mustaqillik yillarida ijtimoiy siyosatni rivojlantirishning asosiy bosqichlari.O‘zbekistonda mustaqillik eʼlon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini yuqori darajada taʼminlash, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va uning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat ijtimoiy siyosatining asoslari yaratilib, amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat ustuvor yo‘nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Respublikada ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
♦Ijtimoiy siyosatini o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga egaligi;♦Ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi;♦Аholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;♦Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish;♦Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan: ♦Аholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash;♦Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki isteʼmol bozorini shakllantirish;♦Аholining to‘lov talablarini keng miqyosda qondirish va uning o‘sishini taʼminlash;♦Аholining daromad va mulkka egalik darajasining keskin tabaqalashuvining oldini olish. ♦Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni taʼminlash. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda: ♦Davlat ijtimoiy isteʼmol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir aʼzosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish;♦Davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish; Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali taʼminlash mumkin. Chunki har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga taʼsir etadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy islohotlarni davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror o‘stirib borishdan iboratdir. Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi natijasidaaholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalar o‘sishining ijobiy dinamikasi vujudga kela boshladi. Аholining daromadlaritarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2017-yillarda 45,0 %dan34,3 %ga kamaydi, mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 25,0 %dan 34,5 %ga o‘sdi.O‘tish davrining O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozongan beshta tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish” deb ham nomlandi. Bu bejiz emas edi. 49?????????????????????????????/ Download 42.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling