1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari


#45.O'zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayoni: bosqichlar va xususiyatlar


Download 42.89 Kb.
bet13/23
Sana07.03.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1243997
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
tarix javoblar

#45.O'zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayoni: bosqichlar va xususiyatlar. Barchaga maʼlumki, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlantirib borildi. Bu borada qator qonunlar qabul qilindi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, dastlabki yillarda, kichik biznes faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi dastlabki normativ-huquqiy qonun hujjatlarini qabul qilindi. Jumladan, 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan maxsus dastur asosida amalga oshirilishi qatʼiy belgilab qo‘yildi. Аlbatta, ushbu qonunning qabul qilinishi sohani bosqichma-bosqich rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun keng imkoniyat yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Birgina 1992-1996-yillarda davlat mulki obʼyektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74 ming kishi turar-joy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari, qishloq joylarida esa3 million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib qoldilar. Bu raqamlar, shubhasiz, jamiyatda mulkdolar sinfini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlar qo‘yilganligini anglatar edi. Аmalga oshirilgan dastlabki islohotlar natijasida 1991-1996-yillar mobaynida iqtisodiy islohotlarning barcha yo‘nalishlarida salmoqli institutsional o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, turar joylar, savdo xizmat ko‘rsatish sohalari, matbuot jamiyati obʼyektlari va turli tarmoqlarning mayda korxonalarini xususiylashtirish amalda tugallandi, o‘rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni jadal davom ettirildi. Bu borada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish, agrar munosabatlarning yangi tipini yaratish jarayonlari amalga oshirildi. Bu tadbirlarning natijasi o‘laroq iqtisodiyotda tub sifat o‘zgarishlari vujudga keldi. Davlatga qarashli bo‘lmagan, nodavlat, yaʼni xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi keskin oshdi. Bu sektor 1995-yilda sanoat mahsulotlarning 44 foizini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining esa 97 foizini berdi.O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida, kichik biznesga ko‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi –Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes fond, 1995-yil iyul), “Madad” sug‘urta agentligi (1995-yil 26-iyun), O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996-yil mart) hamda ularning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, Tadbirkor ayollar uyushmasi tashkil etildi.
#46Mustaqillik yillarira O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy yutuqlari.Mustaqillik yillarida iqtisodiyot tarkibidagi tub o‘zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 1991-2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 1990-yilda respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib bordi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1995-yildan boshlab barqaror o‘sish taʼminlandi. 1990-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 100 foiz deb olsak, 2000-yilda 123,6 foizga, 2010-yilda 3 martaga o‘sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko‘paydi, isteʼmol buyumlari importi kamaydi.
Dastlab, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995-yillarda pasayib bordi, 1996-yildan boshlab o‘sish boshlandi. Natijada O‘zbekistonda 2000-yilda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (xarid qobilyati pariteti bo‘yicha) 1990-yilga nisbatan 1,3 marta, 2010-yilda esa 3,4 marta o‘sishiga erishildi.
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko‘rsatkichlari izchil o‘sib borayotgan mamlakatdir. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sish surʼatlari 2005-2015-yillar davomida 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekistonning umumiy eksport hajmida tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi oshdi, tashqi savdoda ijobiy saldoga erishildi.
Istiqlol yillarida olib borilgan islohotlar natijasida shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o‘zgarib, aholi turmush saviyasi o‘sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish surʼatlari odamlarning moddiy va ijtimoiy hayotini, farovonligini yildan-yilga yaxshilanishiga xizmat qilmoqda. Аholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi salmoqli darajada o‘sdi. Birgina 1999-yilda 4,5 ming kilometr gaz tarmog‘i (shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida), 2 ming kilometrdan ziyod ichimlik suv tarmog‘i (shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida) ishga tushirildi.
Transport sohasida jahondagi yetakchi kompaniyalarni havo kemalari bilan taʼminlagan O‘zbekiston Havo yo‘llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqalarini o‘rnatgan, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Respublika miqyosida tadbirkorlik sub’yektlarining faol qo‘llab quvvatlanishi natijasida uning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda. Xususan, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 48,2 foizni, 2009-yilda 50,1 foizni, 2010-yilda 52,5 foizni, 2011-yilda esa 54 foizni tashkil etdi yoki 2000-yilga nisbatan 23foizga o‘sgan. 2010-2016-yillar davomida respublikada tadbirkorlik orqali tashkil etilgan ish o‘rinlarining soni 3,9 foizga ortgan. 2017-yilda esa dasturga muvofiq sanoatni (5440 ta loyihada 131 mingta ish o‘rni bilan), qishloq xo‘jaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish o‘rni bilan) va xizmat ko‘rsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish o‘rni bilan) rivojlantirish bo‘yicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyati kuchaytirildi. Kelajakda mamlakatda 25 mingga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 256,4 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etishga erishiladi.

Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling