1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari
#44Qishloq xo'jaligidagi islohotlar , vazifa va yo'nalishlar
Download 42.89 Kb.
|
tarix javoblar
#44Qishloq xo'jaligidagi islohotlar , vazifa va yo'nalishlar.Qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xo‘jaliklari tugatilib, jamoa, shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xo‘jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshlandi. Аgar mamlaktimizda fermerlik harakatining shakllanish tarixi va rivojlanishiga murojaat qilinsa, fermerlikni shakllantirish chorvachilik sohasi islohotlaridan boshlangan edi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga eʼtibor berildi. Xo‘jaliklar ekin ekish sohasida mustaqil bo‘ldilar. Respublikada don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash yo‘li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991-yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda 42 foizga o‘sdi.Аgar 1991-yilda mamlakatimizda 1,9 mln tonna don tayyorlagan bo‘lsa, 2012-yilda 7,5 mln tonna don yetishtirildi. 2014-yilda 8 mln 50 ming tonnalik g‘alla xirmoni tayyorlandi.
Yaqin tariximizda chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martdagi “Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1994-yil 23-fevralda “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida”, 1995-yil 24-martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qarorlarga asosan, 1995-yilda jamoa xo‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75 %ni xususiy sektor bera boshladi. Ushbu davrda agrar soha fermerlik yo‘nalishining shakllanishida davlat tasarrufidagi qo‘y, echki, qoramollar, yilqi, tuya kabi hayvonlarni fermerlarga bo‘lib berish, davlat mulkchiligini tugatish, ularni xususiylashtirishga katta eʼtibor qaratildi. Natijada 1990-yilda respulikada bironta ham fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmagan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xo‘jalik shakllari bo‘yicha taqsimlanishiga eʼtibor qaratilib, 2000-yilga kelib ular tasarrufidagi yerlar 632,2 ming gektarga, 2010-yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga etgan. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylandi. Download 42.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling