1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari


#54.Mustaqillik yillarida fan va madaniyat arboblarining yubiley sanalarini nishonlash


Download 42.89 Kb.
bet18/23
Sana07.03.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1243997
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
tarix javoblar

#54.Mustaqillik yillarida fan va madaniyat arboblarining yubiley sanalarini nishonlash.O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-fanning hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, me’morchilik, ma’danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni chuqurroq o‘rganib yanada boyitmoqdalar. Ular o‘z milliy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi, Nukus va Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi FAning bo‘limlari ochilgan. Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdek, universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy kadrlar Fanlar Akademiyasi tizimida ham, oliy o‘quv yurtlari, xalq ta’lim tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi o‘quv yurtlarida 600 dan ortiq fan doktorlari va deyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o‘qituvchilik va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadilar.
Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatimizda ilm-fan, madaniyat va adabiyot rivojiga munosib hissa qo‘shgan atoqli shaxslarning yubileylarini keng nishonlash to‘g‘risida”gi hujjati loyihasi e'lon qilindi.Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Teatr arboblari uyushmasi hamda keng jamoatchilikning 2020 yil davomida ma'rifatparvar alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 145 yilligi, O‘zbekiston xalq artistlari Olim Xo‘jayev va Soyib Xo‘jayev tavalludlarining 110 yilligi, O‘zbekiston xalq yozuvchilari Said Ahmad, Asqad Muxtor hamda atoqli olimlar Sa'di Sirojiddinov va Ibrohim Hamroboyevlar tavalludlarining 100 yilligi, O‘zbekiston xalq shoiri Jumaniyoz Jabborov tavalludining 90 yilligi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev tavalludining 80 yilligi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Shavkat Rahmon, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam hamda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludlarining 70 yilligini mamlakat miqyosida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlanishi mumkin.

Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling