1. O'zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsad va vazifalari


#61.O‘zbekistonda xalqaro terorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash borasida olib borilayotgan chora tadbirlar


Download 42.89 Kb.
bet22/23
Sana07.03.2023
Hajmi42.89 Kb.
#1243997
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
tarix javoblar

#61.O‘zbekistonda xalqaro terorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash borasida olib borilayotgan chora tadbirlar.Ma’lumki, O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk kunlaridanoq o‘zining dinga munosabatini aniq va qat’iy belgilab oldi. Davlatning dinga munosabati “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi”, “Dunyoviylik – dahriylik emas” degan aniq tamoyillar asosida belgilandi. Bu tamoyil bosh qomusimiz Konstitutsiya hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunda o‘zining huquqiy ifodasini topgan.Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, faoliyat borasida bir xil huquqqa egadirlar. Ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglikning amaliy ifodasidir.Ayniqsa, respublikada mavjud dinlar orasida islomning mavqei nihoyatda katta. Xususan, hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 31 mln.dan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e’tiqod qiladi.
#62.Mustaqillik davrida O‘zbekistonda fan va talim integratsiyalashuvi.O’zbekiston olimlari o’z milliy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo’shdilar. Respublikamizda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Nukus va Samarqandda O’zbekiston Respublikasi FAning bo’limlari ochilgan.Ilmiy-tadqiqot ishlari xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko’rsatadigan ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdek, universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtlarida ham olib boriladi.Ilmiy kadrlar Fanlar Akademiyasi tizimida ham, oliy o’quv yurtlari, xalq ta'limi tizimida ham tayyorlanadi. Faqat Oliy va o’rta maxsus ta'lim tizimidagi o’quv yurtlarida 600 dan ortiq fan doktorlari va deyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o’qituvchilik va ilmiy faoliyat bilan shug’ullanadilar.O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatda ilm-fanga alohida e'tibor berildi. Xalq xo’jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublikamiz Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 aprelidagi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 aprelidagi Farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari va innovasiya faoliyati haqida"gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e'tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda targ’ib etish va tarqatish maqsadida respublika ilmiy ishlanmalari innovasiya tijorat markazi tashkil etildi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan FAning mavqei ortdi.
#63.Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlar.Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubi-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoli-g‘arbida Ustyurt pasttekisligi, shimoli-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog‘iston umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, u hududining kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Respublikaning aholisi 1 881,9 ming kishidan ziyoddir. Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 16 ta tuman va 1 ta shahardan iborat: Amudaryo, Beruniy, Bozatov, Ellikqal’a, To‘rtko‘l, Kegeyli, CHimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, SHo‘manoy, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Xo‘jayli, Taxiatosh, Nukus tumanlari va poytaxt – Nukus shahridir.Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘I paxta tozalash sanoati hisoblanar edi. Taʼkidlash joizki, rivojlangan hududlarda qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallga ishlov berish korxonalari, to‘qimachilik va oziq-ovqat fabrikalari, Mo‘ynoq shahrida baliq konserva zavodlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 166 Mustaqillik yillarida natriy tuzi, ohaktosh, fosforit, qoplama va devor materiallarining tabiiy konlari o‘rganildi. Shu asosda ishlab chiqarishning joylashish omilini hisobga olgan holda oziq-ovqat va qurilish sanoatining qayta ishlash korxonalari shakllandi. Bunga quyidagilar kiradi: kuygan g‘isht, marmar buyumlar, ohak, texnik va oziq-ovqat tuzi, temir -beton buyumlari ishlab chiqarish zavodlari va boshqalar. Respublikadagi iqtisodiy barqarorlik davri 1996-2003-yillarga to‘g‘ri keladi, bu yillar qayta ishlash sanoatiga sarmoya kiritish uchun sharoit yaratishdan iborat bo‘ldi. 2000-yili Xo‘jayli va Nukusni bog‘laydigan katta ko‘prik foydalanishga topshirildi. 2001-yilda Nukus-Sultonuvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Navoiyni bog‘lagan 345 kilometrlik temir yo‘l ishga tushirildi. Yuz kilometrli avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi. Mustaqillik yillarida 243 kilometrli Tuyamuyin-Nukus-ChimboyTaxtako‘pir suv quvuri foydalanishga topshirildi va minglab odamlarni ichimlik suvi bilan taʼminladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament boshqaruv shakliga ega bo‘lgan suveren Respublikadir. Qoraqalpog‘iston o‘z Konstitutsiyasi, bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Qoraqalpog‘istonning Konstitutsiyasi va qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va ular shu asosda amal qiladi. Respublikada umumiy rahbarlik Jo‘qorg‘i Kenges Raisi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi parlamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi tarkibiga Kengash Raisi, Raisning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, yirik konsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, o‘z vazifasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992 yil 14 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i, 1993 yil 9 aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida Davlat gerbi, 1993 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Parlament - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesi hisoblanadi. 86 deputatdan iborat.???????????????

Download 42.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling