15. Amir Temur tomonidan Pirmuhammadga suyurg‘ol qilib berilgan?
1. Afg‘oniston 2.Shimoliy Hindiston
3.Ozarbayjon 4.Xuroson
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3
16. Amir Temur harbiy yurish paytida qo’shin qaysi tartibda borardi?
A) oldinda izofa, ular orasidan xabarchilar bo’linmasi, undan keyinroqda manglay-avangard qism borardi
B) oldinda xabarchilar, ular orasidan yasovul bo’linmasi, undan keyinroqda manglay-avangard qism
C) oldinda manglay-avangard, ular orasidan xabarchilar bo’linmasi, undan keyinroqda izofa qism borardi
D) oldinda yasovul bo’linmasi, ular orasidan xabarchilar, undan keyinroqda qanbullar borardi
17. Nima maqsadda Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga askar tortadi?
A) janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida
B) shimoliy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida
C) sharqiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida
D) g’arbiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida
18. Nima sababdan Yevropaning ayrim davlatlari Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g’alaba bilan Amir Temurni tabriklab, unga o’z muboraknomalarini yuboradilar?
A) Yevropa hukmdorlari Amir Temur bilan teng savdo-sotiq qilishga o’tganligi
B) Sohibqiron endigina uyg’onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi
C) Buyuk Ipak yo’lining Usmonli turklar tomonidan xavfi bartaraf etilishi
D) Amir Temur davlati bilan harbiy ittifoqni vujudga kelishi
19. Amir Temur davlatining tashqi siyosati o‘z oldiga qanday vazifalarni qo‘ygan?
1. Mamlakat xavfsizligini ta’minlash
2. Qo‘shni mamlakatlarda o‘z ta’sirini mustahkamlash
3. Turkiya, Hindiston, Xitoy, Venetsiya, Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy, elchilik, madaniy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish
A) 1,2 B) 2,3 C) 3 D) 1,2,3
20. XIV asr oxirlarida vujudga kelgan muayyan xalqaro vaziyat tufayli qaysi davlatlar eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi?
1. Amir Temur davlati 2.Turkiya 3.Misr 4.Oltin O‘rda
5.Xitoy 6.Hindiston 7.Vizantiya
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5
C) 1,2,3,4,5,5,6 D) 1,2,3,4,5,6,7
Do'stlaringiz bilan baham: |