7-sinf ona tili va adabiyot fanidan 2-chorak testlari
1.Parchada tushirib qoldirilgan so`zni toping.
Aqlga ham hatto bo‘y bermas,
O‘qilmagan bu ko‘hna kitob, –
Yo‘q, amirning sag‘anasi emas,
“…………… ” haykali erur!
2. Birinchi she’rini yozganida 3-sinfda o‘qigan, o‘n besh yoshida ilk she’ri respublikaning nufuzli gazetalaridan birida nashr etilgan ijodkor?
A) Nabi Jaloliddin B) Muhammad Ali S) Rasul Hamzatov D) Hamza
3. Moslikni toping 1.qalandar 2.tim 3.Halab 4.Boyazid
a) o‘rta asrlarda Turkiya sultoni, Amir Temur uni jangda yengib, asir olgan
b) tarki dunyo qilgan (bu dunyo ne’matlaridan voz kechgan) kishi
s) bozorning usti yopiq qismi
d) Suriyadagi shahar
A) 1-b, 2-s, 3-a, 4-d B)1-a, 2- d, 3-s, 4-d S) 1-a, 2-s, 3-d, 4-b D)1-b, 2-s, 3-d, 4-a
4. Qo’shma fe’l berilgan qatorni aniqlang
A yelib-yugurmoq B baxshida etmoq S o’ylay-o’ylay D uxladi
5.”Vatanni o`rganish” she`rida shoir Vatanni sevishni quyidagilarning qaysi biridan o`rganmagan?
A) onamdan B) irmoqlardan S) ko`zlardan D) xaslardan
6. Har og‘urlar yengil o‘ldi, har qiyin oson o‘lub,
Har mashaqqatga o‘zin mushkulkusho qildi …………, Parchadagi tushirib qoldirilgan so`zni toping
Olam B) odam S) qalam D) alam
7. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
“U yana jilmaydi: hah, ko‘ngil qursin-a, qarilikni hech tan olgisi kelmaskan-da. O‘ng oyog‘ining paylari bir tortishsa, bukilmay qoladi-yu,daryoda suzarmish. Uyog‘ini so‘rasangiz, hatto kechasiyam junpaypoq kiyib yotadi”. A)”Hovlidagi daraxt” B) “Gumbazdagi nur” S) “Ota” D) “Chol va dengiz”
8. “Ota” hikoyasida qaysi o‘g‘il donishmand otasiga mehr-u faxr bilan jilmayib boqib turardi?
To`ng`ichi B) Kenjasi S) Qizi D) O`rtanchasi
9. “Fors taronalari” turkum she’rlari muallifi kim? A) S.Sayyid B) S.Yesenin S) R.Hamzatov D) Pushkin
10. Qaysi kasblarning o’rnini robotlar hech qahon egallay olmaydi?
A Aktyorlar, shifokorlar B Zavod ishchilari S Shifokor, o’qituvchilar D Aktyorlar
11. “Shahinam, o, mening Shahinam” she`rida shoir sochlari nimadan rang olganligini yozadi?
A) oydan B) bug`doylardan S) dalalardan D) Ryazandan
12. Yolg‘iz o‘g‘lini eslab firoqda qolgan ona obrazi qaysi she`rda uchraydi?
A)”Dog`i-dog`i -Dog`iston” B) “Ona ibodati”
S) “Shahinam, o mening shahinam” D) “Ona tilim”
13. Hasan, Ali obrazlari qaysi she`rda uchraydi?
A)”Dog`i-dog`i- Dog`iston” B) “Ona ibodati”
S) “Shahinam, o mening shahinam” D) “Ona tilim”
14. Fe’lning o’tgan zamon qo’shimchalari qaysilar?
A –moqchi B –yapti S –gan D -chi
15. Biror hududda hayvonlarning o’ta havfli va yuqumli kasalliklari tarqalishi --epizootiya deb ataladi
Ushbu hukm…
A noto`g`ri B to`g`ri
16. Sinchi so’zining ma’nosini toping
A Sinchkov, kuzatuvchan B Hayvonlarni tashqi ko’rinishiga qarab, fe’lini aytib beradigan odam
S Yomon ishga undash D Kasallanish
17. “Ayyor, mug’ombir” so’ziga mos keluvchi iborani aniqlang?
A Sichqonning ini ming tanga B Ilonni yog’ini yalagan
S Eti suyagiga yopishgan D Suvga tushgan mushukdek
18. Qaysi zamon shakli ba’zan harakatning doimiy, har uch zamonga oidligini ifodalaydi?
A O’tgan zamon B Kelasi zamon S Hozirgi zamon
19. Hamidulloning oilasidagi janjalga nima sabab bo`ldi? A) tovuq B) yetishmovchilik S) qarz D) pul
20.Diyeta so’zi taom degan ma’noni anglatadi
Ushbu hukm A To’g’ri B Noto’g’ri
21. Hisob so’zlar ikki xil bo’ladi ; sof va …
A Vazifadosh B Asl S Yordamchi
22. Quyidagi qaysi gapda sof hisob so’zlar berilgan?
ANarimon eshikni ochdi-yu bir uy bug’doyni korib, qotib qoldi.
B Naima tushundiki, bir daqiqa ham kutish mumkin emas, ketish kerak.
S O’n qadam sanab, mana shu joydan chegara chizish kerakligini aytdi.
23. To’g’ri yozilgan so’zni toping.
A 7-inchi so’z B 8 sinf S 11-sonli maktab
24. Qo’shma ravish berilgan qatorni toping?
A bir talay, har doim B Biroz, ko’p S oz-oz, har doim
25. To’g’ri yozilgan so’zlarni toping.
A xola, amakivachcha, evara B amakivacha, otayu ona, nabira
S ota-yu ona, hola, kennoyi D tog’ayu jiyan, hola, amakivacha
Do'stlaringiz bilan baham: |