9- Variant.
1. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtai nazardan pedagogika bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud: falsafa, etika, estetika, iqtisod, sotsiologiya, fiziologiya, gigiyena, psixologiya, tarix, madaniyatshunoslik
2. Masofaviy ta’lim
Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Masofaviy ta’limnitashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
3.Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o ‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‘lib kelgan.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilish, o ‘qituvchi va o ‘quvchilar o ‘rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususivatiga ega bo’lib, unda bolaning o ‘zi ham faol ishtirok etadi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo'nalishda, ya’ni, o ‘qituvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan ta ’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o ‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
10-Variant
1.Pedagogikaning metodologik asoslari. Pedagogika metodologiyasi o‘zida pedagogikaning nazariy asoslari va tuzilmasi haqidagi bilimlar tizimini, pedagogik hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishga doir yondashuvlarini, pedagogik voqelikni haqqoniy ifoda etadigan axborotlarni olish usullarini, shuningdek, mazkur bilimlar tizimini qo‘lga kiritishga doir faoliyat tizimini o‘zida mujassamlashtiradi.
Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ilmiy bilishning ikki jihati – bilimlar tizimi va ilmiy-tadqiqiy faoliyat qamrab olingan. Yoki ikki faoliyat turi – metodologik tadqiqot va metodologik ta’minot hisobga olinyapti. Agar birinchisining vazifasi pedagogika fanlari rivojining qonuniyatlari va yo‘nalishlari, pedagogik tadqiqotlarning sifat va samaradorligini oshirish prinsiplari, ularning tushunchalari tarkibini aniqlashtirsa, ikkinchisi –metodologik bilimlardan tadqiqot dasturlarini asoslashda va sifatini baholashda foydalanishni anglatadi.
Shu bilan birgalikda pedagogik muammolarning umumnazariy muammolar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, birinchisi «qanday qilib metodologiyani pedagogikaga qo‘llash mumkin» degan savolni aniqlashtirsa, ikkinchisi – umumnazariy savollar esa pedagogikaning predmeti, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, ta’lim va tarbiya mohiyati kabi umumiy savollar yechimiga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |