1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash


Download 88.9 Kb.
bet9/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

2. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash.
Oila institutini mustahkamlash va yanada rivojlantirish, “Oilamuqaddas”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, “Oila – jamiyat va davlat himoyasida”, “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” konseptual g‘oyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirish va tatbiq etish davlatlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Zero, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham oila salomatligini mustahkamlash, kam ta’minlangan oilalar sonini kamaytirish, jamiyatda oila asoslarini yanada mustahkamlash, shuningdek, yosh oilalar uchun munosib uyjoy va ijtimoiy maishiy sharoitlarni yaratish kabi vazifalar belgilab berilgan1. Buning uchun jamiyat va oilada sog‘lom hamda barqaror ijtimoiyma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlashning tashkiliy huquqiy mexanizmlarini tubdan isloh qilish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni tashkil etish, xotinqizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash kabi qator ustuvor vazifalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
3.Bo`lajak o`qituvchilarda pedagogic kreativlikni shakllantirish. Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
o’qituvchilar tomonidan o’quv fanlarini past o’zlashtirayotgan va ularini o’rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o’zlashtirishga jalb etish;
o’qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag’batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.



Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling