1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Pedagogik texnologiya tushunchasi. Pedagogik texnologiya


Download 88.9 Kb.
bet17/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

3.Pedagogik texnologiya tushunchasi. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi.


15-variant
1.Sharq uyg`onish davrida ta`lim tarbiya jarayoni. SHarq Uyg’onish davrida ilm-fan va madaniyat. Arab halifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy Hayotga Ham ta’sir etdi. Madaniy Hayotda yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy Hayotda Ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Ana shu ko’tarilish butun Arab halifaligini, yaqin va o’rta SHarqni qamrab olganligi uchun Ham SHarq uyg’onish davri deb ataldi. Bu uyg’onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi. Arab halifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri halifalikning Bag’dod, Damashq, Halab shaHarlarida boshlanib, barcha boshqa halqlar madaniy Hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning Ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Halifalik emirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish halifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Halifa Horun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o’g’li al-Ma’mun davrida Bag’dodda “Bayt–ul-Hikma” (“Donishmandlik uyi”) (Hozir Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm soHiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jaHon kutubhonasi tashkil etilgan. Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadhona Ham bo’lgan, keyinchalik yangi kutubhona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida SHarq va g’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy Hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda halifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan Homiyligini aloHida ta’kidlash joiz..
2.Tarbiya texnologiyalari va ularga tasnif. Tarbiya texnologiyasi asoslari Bizga yaxshi ma'lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta'lim texnologiyasi o‘quvchining ta'lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqyeyini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi mantiqiy hamda tarkibiy jihatdan ta'lim texnologiyasidan farq qiladi. Tarbiya texnologiyasi asosida tarbiyaviy jarayon yotadi. O‘quvchilar faoliyatni tashkil etuvchilar bo‘lib, ular tomonidan erishiladigan natijalarni rejalashtirish va unga erishish usullari, bu usullarni modellashtirish, ishlab chiqarilgan reja va modellarni ro‘yobga chiqarish, bu rejalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyati va axloqini boshqarish kabilar hisoblanadi. Tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar. Tarbiya jarayoni:
— maqsadga yo‘nalganlik;
— ko‘p omillik;
— jo‘shqinlik;
davomiylik;
— uzluksizlik;
komplekslilik;
— variantlilik;
ikki tomonli xarakter;
— natijalarning olisligi.

Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling