1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


-Variant 1.Pedagogik g`oyalarning rivojlanish bosqichlari


Download 88.9 Kb.
bet15/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

13-Variant
1.Pedagogik g`oyalarning rivojlanish bosqichlari. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, pedagogik g’oyalar eramizdan oldingi VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Zero, tabiatning oliy mahsuli inson paydo bo’lishi tabiatn ing hodisalari, jarayonlarini o’rganshi, ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sekin – asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida pedagogik g’oyalar shakllana va rivojlna boshlagan.
2. Tarbiyalanuvchilarga xususiy yondashuv. Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususivatiga ega bo’lib, unda bolaning o ‘zi ham faol ishtirok etadi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo'nalishda, ya’ni, o ‘qituvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan ta ’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o ‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyasiga muvofiq, endilikda o ‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyekti sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o ‘qituvchi o'quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta ’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati — tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi.
3.Maxsus pedagogika asoslari. Maxsus pedagogika - jismoniy va ruhiy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarni tarbiyalash va oʻqitish haqidagi fan. Maxsus pedagogika jismoniy yoki ru-hiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning oʻziga xos oʻquvtaʼlim faoliyatlarini hisobga olgan holda ped.ning umumiy tamoyillari asosida rivojlanadi. Maxsus pedagogikaning bosh vazi-fasi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning taʼlimtarbiyasini tashkil etishning ilmiy va nazariy asoslarini yaratish hamda shunga mos defektolog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Maxsus pedagogika, shuningdek, bolalarni psixikpedagogik va klinik jihatdan oʻrganish, nuqson sabablarini aniqlash, pedagogik tasniflash va turlarga ajratish, maxsus taʼlim va tarbiya muassasalari sharoitida bolalarga individual muomala qilish, nuqsonli bolalarni jismoniy mehnatga tayyorlash kabi masalalarni ishlab chiqishdan iborat. Maxsus pedagogika qanday nuqsondagi bolalarni oʻrganishiga qarab surdopedagogika, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika, logopediya kabi sohalarga boʻlinadi. Bularning har biri umumiy ped. tarmogʻini va barchasi birgalikda defektologiyani tashkil etadi.


Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling