1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Dars va unga qo`yiladigan talablar


Download 88.9 Kb.
bet14/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

2.Dars va unga qo`yiladigan talablar. Ta`limning boshqa shakllariga o`xshab darsga ham qator didaktik talablar qo`yiladi. Y.K.Babanskiy, N.A.Sorokin darsga qo`yiladigan talablarni uch guruhga ajratishadi: didaktik talablar, tarbiyaviy talablar, tashkiliy talablar.
Didaktik yoki ta`limiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi:
1. Har bir darsning ma`lumot berish, rivojlantirish, tarbiyaviy maqsadini aniq belgilash, uning darslar tizimidagi o`rnini qat`iy aniqlash.
2. Darslarning optimal mazmunini, o`rganiladigan bilimlar ko`lami, shakllantiriladigan ko`nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo`yish.
3. Darsni tashkil eitshga oid ratsional ta`lim metodlarini interfaol usullarini tanlash, o`quvchilar faolligini rag`batlantirish, o`quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta`limga optimal tatbiq etish.
4. Ta`lim prinsiplarini (ilmiylik, faollik, izchillik, predmetlararo aloqa va sh .k.) og`ishmay amalga oshirish.
Darsga qo`yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga quyidagilar kiradi:
1.Darsda o`rganiladigan o`quv materiallari bo`yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish.
2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish.
3.Bolalarda o`qishga oid motivlarni uyg`otish, bilish, o`qish o`rganishga havas ishtiyoq qiziqishni shakllantirish.
4.Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.
Darsga qo`yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1.Dars uchun puxta yo`nalgan konspekt yoki reja tuzish.
2.Darsning logikasiga (dars bosqichlarining o`zaro bog`liqligi darsda amalga oshiriladigan ishlar, o`quv topshiriqlarining o`zaro aloqadorligiga rioya qilish).
3.Dars tempini o`quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish.
4.Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish.
5.Darsda ongli intizomni tashkil etish.
Dars tipologiyasi va tarkibi


3.Tarbiya jarayonining qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o ‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga vo‘naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o ‘qituvchi va o ‘quvchilar o‘rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o ‘qituvchi va o ‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Yagona maqsadga erishish yo‘li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.



Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling