1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


-VARIANT 1. G’arb uyg’onish davrida gumanizm g’oyalari


Download 88.9 Kb.
bet22/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

18-VARIANT
1. G’arb uyg’onish davrida gumanizm g’oyalari
Uyg`onish davri - bu eng avvalo ijtimoiy taraqqiyotda ishlab chiqarish munosabatlarining ham, ma‘naviy hayotning ham yangi bosqichga o`tish davridir. IX-XII asrlar Movarounnaxr va Xurosonda vujudga kelgan Somoniylar, Qoraxoniylar, G`aynaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoh-lar davlatlari eng avvalo iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishdilar. So`ngra islom ma‘naviyatiga asoslangan madaniy taraqqiyotini vujudga keltirdilar. Ma‘naviyat asoslari hisoblangan e‘tiqod yakdil-ligi, siyosiy boshqaruv asoslari, qonun ustivorligi, axloqiy kamolot, aql-idrok takomili, ma‘rifiy barkamollik va fan taraqqiyotining yuqori bosqichiga chiqa oldilar. «Uyg`onish davri madaniyati» tushunchasi bizningcha, birinchidan, muayyan millat yoki xalqning ma‘naviy mahdudlikdan ozod bo`la borishi, milliy qobiqdan chiqib dastlab hududiy, so`ngra, umumjaxon ma‘naviyatiga ta‘sir ko`rsata borishi, ikkinchidan, tanazzulga yuz tutgan yoki boshqa kuchliroq xalqlar ma‘naviyati taz‘yiqiga uchragan, tarix sahnasidan tushib ketishga mahkum etilgan millat, elat yoki xalqning milliy madani-yatini qaytadan jonlashtirish, tiklash, rivojlantirish va yuksak dara-jaga ko`tarilishini anglatadi. «Uyg`onish» davrlari madaniyatiga xos bo`lgan umumiy mushtarak tomonlari birinchidan, Sharq va G`arb uyg`onish davrlari madaniy taraqqiyoti boshida o`sha davr hukmdorlarining o`zlari turganlar va madaniy jarayonning rivojlanishiga imkoniyat yaratib berganlar. Masalan, Sharq uyg`onishi davri madaniyati rivojlangan paytda o`sha davrning hukmdorlari - halifa Xorun ar-Rashid, uning o`g`li Ma‘mun, qolaversa o`sha davrda Somoniylar, Qoraxoniylar va boshqa sulolalarning vakillari turganlar. Ular islomning mustah-kamlanishiga, ma‘rifatning tarqalishiga, turli xil fan sohalarining rivojlanishiga boshchilik qilganlar. O`zlarining poytaxtlariga o`sha davrning ko`zga ko`ringan olimlar, fiqhshunoslar, muhandislar, tarixchilar, shoirlar, me‘morlar, san‘atkorlarini to`playdilar. Maxsus ilm markazlari, kutubxonalar, madrasalar barpo etdilar, ularni mab-lag` bilan ta‘minlab turdilar. Shu boisdan ham IX asrdan boshlab ilm-fan, adabiyot va san‘at, me‘morlik va teologiya yuksak darajada rivojpana boshlaydi. O`z navbatida G`arb Uyg`onish davri madaniy taraqqiyoti boshida ham o`sha davrning boy-badavlat kishilari rahnamolik qilgan edilar. Florentsiyada shaharning eng boy-davlat kishisi, ban-kir Kozima Medichi, so`ngra uning nevarasi Lerendo rahbarlik qilganligi tarixdan bizga ma’lum. Kozimo Medichi Florentsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini boshqarishni o`z qo`liga oladi. O`z atrofiga mashhur olimlar, san‘atkorlarni to`playdi, ularni ish bilan ta‘minlaydi, ularga homiylik qiladi. Natijada Florentsiya XV asr davomida Italiyaning madaniy jixatdan eng yuksalgan, vataniga aylanadi. Bu yerda antik dunyo san‘ati yodgorliklarini o`zida mujassamlashtirgan birinchi badiiy muzey tashkil etildi. Fal-safa akademiyasi, haykaltaroshlik, tasviriy san‘at ustaxonalari vu-judga keldi. Uyg`onish davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati - turli fan sohalarida demokratik jarayonning ro`y berganligidir. O`sha davrning buyuk siymolari-ilm-fan fidoyilari millati, diniy e‘tiqodlari qanaqa bo`lishidan qat‘iy nazar, yagona maqsad -fanlarni rivojlantirish uchun kurash olib boradilar.

Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling