2. O’zbekiston Respublikasi ta’lim to’g’risisdagi qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati mazmuni va uni aks ettiruvchi hujjatlar. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim To‘g‘risida” Qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
3. Didaktikaning asosiy tushunchalari
Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi. «Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb nomlangan ma‘ruzasida qo‘llanilgan.
Didaktikaning obyekti – o‘sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyatning asosiu turi hisoblangan ta’lim berishdir. Didaktikaning predmeti sifatida o‘rgatish (o‘qituvchi faoliyati) va o‘rganish (o‘quvchilarning bilish faoliyati), ularning o‘zaro harakati aks etadi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o‘rgatish, o‘rganish, o‘qitish, ta’lim , bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija.
19-VARIANT
1. Komeniskiyning pedagogik tizimi
Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1657-yil) asarida ochib berilgan. Didaktikada ta’limnitashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |