1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


-VARIANT 1. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi


Download 88.9 Kb.
bet28/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

22-VARIANT
1. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi
O'zbekistonda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo'lib, ta’lim turlariga ko'ra quyidagilardan iborat:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • professional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

2. Oila va mahalla yoshlar tarbiya maskani sifatida
Respublikamizda bir yuz o‘ttizga yaqin millat va elat vakillari hamjihat yashab, O‘zbekiston mustaqilligi ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Mamlakatimizda aholining ko‘pchiligini – 85 foizini o‘zbek millati tashkil etadi. Uzoq yillik tarixiga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi oilaga juda kaatta e’tibor berib kelgan. Yer kurrasida yashovchi turli xalqlar va millatlar har birining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgani kabi ularning oilaviy hayotida ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjuddir. O‘zbek oilasi serfarzandlik, bolajonlik, oilaparvarlik kabi ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi Oilaga sharqona, o‘zbekona sodiqlik, o‘tgan yetti pushtini bilish, otaona, qarindoshurug‘, keksalarga hurmat, yoshlarga mehribonlik, oila a’zolari, erxotin va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamligi uning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Oilalar g‘oyat katta bo‘lib, ularda kishilar jamoa asosida yashab kelganlar. O‘zbek oilasi ornomusli, ahil oiladir. Shuning uchun u o‘zining milliy qiyofasini yo‘qotmagan holda butun oilaning sha’ni, obro‘sini saqlash uchun ma’suliyat bilan ish tutadi. Er oila posboni, uning boquvchisi xisoblansa, xotin uning ko‘rki, fayzi barokatidir. Ularning umr gulshanlari qobil farzandlaridir.
3. Tarbiya texnologiyalari tushunchasi
Bizga yaxshi ma'lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo‘lib, u o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta'lim texnologiyasi o‘quvchining ta'lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo‘lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqyeyini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo‘lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi mantiqiy hamda tarkibiy jihatdan ta'lim texnologiyasidan farq qiladi. Tarbiya texnologiyasi asosida tarbiyaviy jarayon yotadi. O‘quvchilar faoliyatni tashkil etuvchilar bo‘lib, ular tomonidan erishiladigan natijalarni rejalashtirish va unga erishish usullari, bu usullarni modellashtirish, ishlab chiqarilgan reja va modellarni ro‘yobga chiqarish, bu rejalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyati va axloqini boshqarish kabilar hisoblanadi. Tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.
Tarbiya jarayoni:
— maqsadga yo‘nalganlik;
— ko‘p omillik;
— jo‘shqinlik;
— davomiylik;
— uzluksizlik;
komplekslilik;
— variantlilik;
— ikki tomonli xarakter;

Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling