1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


-VARIANT 1. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari


Download 88.9 Kb.
bet29/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

23-VARIANT
1. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin. Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat, o‘quv dasturi hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, ta’lim oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’lim ga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
2. Ta’lim jarayonining qonuniyatlari
Ta’lim jarayoni qonuniyatlari. Pedagogikada qonuniyatlar – bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi obyektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ta’lim qonuniyati deb ataladi. Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; jamiyatning talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda aniqlashtiriladi; ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi; ta’limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogikta‘sirko‘rsatish: o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog‘liq; ta’lim metodlari samaradorligi ta’lim maqsadiga; o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minotiga bog‘liq; ta’limni boshqarish samaradorligi ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga,ta‘sirko‘rsatishning asoslanganligiga bog‘liq; ta’limda rag‘batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liq.



Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling