1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Download 88.9 Kb.
bet32/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

3.Pedagogik diagnostik mazmuni
Pedagogik diagnostikaning mazmuni deganda metodik va pedagogik jarayonning, bola shaxsi, pedagog yoki rahbarning faoliyati darajasidan qat’i nazar, tezkor o‘rganilishi va baholanishi, tartibga solinishi va korreksiyasi (to‘g‘rilanishi) tushuniladi. Pedagoglarning faoliyati va shaxsini o‘rganish - metodik ishlarning sifati va samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Metodik ishlar pedagoglarning bolalarga ta’lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirish bilan bog‘liq faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchun yordam berishga qaratilgan. Ushbu masalani nafaqat keyingi takomillashtirish, balki har bir pedagogning mavjud imkoniyatlarini har tomonlama hisobga olish shartlaridagina bajarish mumkin. Pedagogik diagnostika o‘quvchining o‘zlashtirishi, o‘qishdagi qiyinchiliklarini, uning o‘qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o‘rganishga yo‘naltirilgandir. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib borish imkonini beradi.

25- VARIANT
1. Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o‘rganadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’lim ga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’lim ga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.


2. Ota-onasiz qolgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash
Oila – jamiyatning kichik yacheykasi va uning ma’nosini hech kichraytirib bo‘lmaydi. Oilasiz bironta millat ham, jamiyat ham taraqqiy etmagan. Kelajakni ham biz oilasiz tasavvur eta olmaymiz. Har bir inson uchun oila hayotning boshlanishi. Baxt so‘zini ham avvalo oila bilan bog‘laymiz: kimki o‘z oilasi bag‘rida bo‘lsa, u baxtlidir. Oila – jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunishimiz mumkin va lozim.
Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, birbiriga nisbatan ezgulik bilan mehroqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talabehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindoshurug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarning omonesonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavxaridir.



Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling