1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»
Download 88.9 Kb.
|
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-VARIANT 1. Ijtimoiy pedagogik g’oyalarning markaziy Osiyo Rossiya hamda G’arbiy Yevropadagi taraqqiyoti
3. Ta’limda ko’rgazmali vositalar
Ko’rgazmali metodlar deganda, ta’lim jarayonida qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar va texnika vositalariga ko’p darajada bog’liq bo’lgan o’quv materialini o’zlashtirish shakllari tushuniladi. Ta’limning ko’rgazmali vositalari bilimlarni o’rganish va o’zlashtirish darajasini btlgilaydi. Bunda, masalan, tikuv mashinasi detallari namunalari ko’rsatilishi yoki tikuv mashinasida bajariladigan texnologik jarayonning videotasviri namoyish qilinishi mumkin. Asosiy maqsad dars mazmuni, albatta. O’qituvchi esa qoshimcha tuzatishlar kiritishi mumkin, xolos.Ta’limning bunday metodlaridan foydalanilganda o’quvchilarning bilish faoliyati ko’gazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy obrazlarga, tassavurlarga bog’liq bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar bilimlarni tartibga solish va boyitishga, shuningdek, o’quvchilarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Ta’limning ko’rgazmali metodlari o’quvchilarning bilim faoliyatida obrazli va mantiqiy, aniq va mavhum, hissiy va aqliy jihatlar nisbatini chuqur tushunishni talab etadi. Ta‘limning ko‘rgazmali metodlari: ular shartli ravishda ikkiga bo‘linadi. 1. Illyustrastiya metodi: - plakat, xarita, doskadagi rasm, olimlarning portretlari, suratlar va boshqalarni ko‘rsatishni ko‘zda tugadi. 2. Namoyish qilish metodi - asboblar, tajribalar, texnik kurilmalar, turli tipdagi preparatlarni namoyish qilish bilan bog‘liq. Namoyish qilish metodiga bog‘liq kinofilmlar va diafilmlar xam kiradi. 30-VARIANT 1. Ijtimoiy pedagogik g’oyalarning markaziy Osiyo Rossiya hamda G’arbiy Yevropadagi taraqqiyoti XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy-ma’naviy merosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmronlik qildi. Shunday bo’lsa-da bu davrda Said Ahmad Siddiqiy (Samarqand), Furqat, Muqimiy, A.Donish, Avaz 0‘tar o‘g'li, Mamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Ibrat, Fitrat, Behbudiy, Munavvar qori, Cho’lpon, qori Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga oid ko‘pIab asarlar yozdilar, yoshlarni ilm-ma’rifatli qilishga intildilar. Ayniqsa, Abdulla Avloniyning 1913- va 19 17-yilda ikki marotaba nashr qilingan «Turkiy guliston yohud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o ‘rganishda katta ahamiyatga molikdir. Asarning «Yaxshi xulqlar» bobining birinchi qismi «Fatanat» deb atalib, Avloniy Fatanatni « Aql egasi boMuv demakdir» deb ta’riflaydi, ayni zamonda Firdavsiy, Nosir Xisrav, Rudakiy, Sa’diy, A. Navoiy kabi Avloniy ham aqlga katta e’tibor beradi. U «Hukamolardan biri aqlning quli nafsning jilovini ushlasa, seni yomon yo’llarga kirishdan saqlar»-deb uqtiradi. Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega boMish uchun badanni tarbiyalash zarur. Badanning sog’lom va quvvatli boMmogM juda muhimdir. Chunki o‘qimoq, o‘qitmoq va o ‘rgatmoq uchun inson sog’lom bo’lmog’i lozim. Download 88.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling