1-Variant
1.Pedagogika - ijtimoiy fan sifatida.
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi. Pedagogika – ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o‘rganadigan fan sohasi.
2. Pedagogik tajribalarni o‘rganish,umumlashtirish va targ‘ib qilish.
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib ko‘rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo echimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo echimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.
3. Ibn Sinoning ilmiy merosi va uning tarbiyaviy ahamiyati.
Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buhoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida kichik amaldor oilasida tug’iladi. Uning to’la ismi Abu Ali al-Husayn ibn AbdulloH ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Ibn Sino Haqiqiy qomusiy olim sifatida o’z davridagi fanlarning Hammasi bilan muvaffaqiyatli shug’ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan . SHundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psihologiyaga, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan. Allomadan keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo’lib qoldi.
2-Variant
Do'stlaringiz bilan baham: |