1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Download 88.9 Kb.
bet6/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

Bilimshaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Kompetensiyaegallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Ma’lumot – ta’lim -tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Shakllantirish – shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni belgilangan talab va me’yorlar asosida tarkib toptirish jarayoni.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.

2.Abu Nasr Farobiyning didaktik qarashlari va ilmiy merosi. Abu Nasr Forobiy (to’liq nomi Abu Nasr MuHammad ibn MuHammad ibn Uzaliq ibn Tarhon al-Forobiy) Hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da SHosh – Toshkentga yaqin Forob (O’tror) degan joyda Harbiy Hizmatchi oilasida tug’ilgan. Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi Haqida gapiriladi. Abu nasr Forobiy qomusiy olim Hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. Forobiy taHminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. SHaHar chekkasidagi bog’da qorovul bo’lib ishlaydi va faqirona Hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug’ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda Ham bo’lgan. So’ng yana Damashqga qaytib, shu erda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as – sag’ir» qabristoniga dafn qilingan.
3.Talim mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligi. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Ular umumiy uyimiz – jonajon Oʻzbekistonimiz ravnaqi yoʻlida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga munosib hissa qoʻshmoqda. Bagʻrikenglik insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Yurtimizdagi barcha ta`lim muassasalarida turli millat vakillari ta`lim olmoqda. Bu esa yurtimizda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg`unligini yana bir bor ko`rishimiz mumkin.

Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling