1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»
Pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni
Download 88.9 Kb.
|
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.QAdimgi Yunoniston va rimda talim tarbiya jarayonining vujudga kelishi. Yunonistonda bolalarning “donishmand
- 3. Talim turlari.
1. Pedagogika fanining jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rni.
Pedagogika – ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o‘rganadigan fan sohasi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi. 2.QAdimgi Yunoniston va rimda talim tarbiya jarayonining vujudga kelishi. Yunonistonda bolalarning “donishmand”lar bilan suhbatini esa “maktab” deb atashgan. Garchi “maktab” yunon so’z bo’lib, “bo’sh vaqt, mehnatdan dam olish” ma’nosini anglatgan bo’lsa-da, hozirda “maktab” esa ta’lim-tarbiya muassasasi sifatida xizmat qilmoqda. Pedagogika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hozirgi O’zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi asori atiqalar, o’zbek xalq pedagogikasi, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”, turkiy xalqlarning eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklari “Urxun – Enasoy yodgorliklari” va “Irq bitiklari”, islom ta’limotining asosiy manbalari “Qur’oni Karim” va Hadislarda, shuningdek, tasavvuf ta’limotida ilgari surilgan komil inson tarbiyasi va ta’lim-tarbiyaning mazmuniga oid g’oyalar ma’rifiy-pedagogik ahamiyatga ega bo’libgina qolmasdan, balki pedagogikaning fan sifatida shakllanishida, ta’lim va tarbiya mazmunining boyib borishida hamda komil insonni tarbiyalashda muhim manba ekanligi namoyon bo’ladi. 3. Talim turlari. Ta’lim turlari Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim ; professional ta’lim ; oliy ta’lim ; oliy ta’lim dan keyingi ta’lim ; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim . 8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’lim ga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’lim ga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi. 9-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan. Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat: boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar); tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar); o‘rta ta’lim (X — XI sinflar). Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limnidavom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Download 88.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling