1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Download 88.9 Kb.
bet19/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

2. Estetik hamda jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida — o‘quvchilarni o‘z sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish tuyg'usini ywzaga keltirish, ularda yangi harakat to‘rlari borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilaming yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda shaxsiy gigiyenani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash; Estetik tarbiyani olib borish jarayonida o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go'zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;


3. Dars turlari va tuzulishi
Darsning ichki va tashqi belgilari. Dars ta`limning boshqa shakllaridan o`zining ichki va tashqi xususiyatlariga ko`ra farq qiladi. Muayyan yoshdagi va ma`lum tayyorgarlikka ega bo`lgan o`quvchilar guruhi, rejim, dars jadvali, mashg`ulotlarni ma`lum xonada o`tkazish kabilar darsning tashqi xususiyatlari, darsning maqsadi, logikasi, ta`lim mazmunini his qilish, qiziqish, anglash, tushunish uning ichki xususiyatlari sanaladi. Dars Ana shu ikki xil - tashqi va ichki xususiyatlarning o`zaro uyg`unlashuvi asosida tashkil etiladi. Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari teng o`quvchilarning doimiy jamoasi bilan ma`lum xona, rejim, jadval, ilmiy - pedagogik asoslangan dastur asosida o`tkaziladigan mashg`ulotga dars deyiladi. Darsning tarkibi. Har bir dars tipi o`z ichida mantiqiy qismlarga ajraladi. Darsning tarkibiy qismlariga dars bosqichlari deyiladi. Darsning bosqichlari o`quv materiali mazmuni, tanlangan ta`lim metodlari, vositalari, o`quvchilarning aqliy faoliyati olib boriladigan yo`l (induksiya yoki deduksiya)ga ko`ra belgilanadi. Shularga ko`ra, darslar rang-barang bo`lib, bir biriga ikki tomchi suvdek o`xshagan ikkita darsni tashkil etish mumkin emas. Didaktik adabiyotlarda yangi o`quv materialini o`rganish, idrok etish, mustahkamlash, takrorlash, uy ishini tekshirish va tashkil etish, bolalar bilimini boholash kabilar darsning qismlari sifatida qaraladi. Yevropa va Sharq, Osiyo va Amerika mamlakatlarida ta’lim turlari tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Birinchi mifologik ta’lim bo‘lib, unda dunyoning mohiyati ertak, afsona, doston, qissa hamda qo‘shiqlar shaklida o‘rganilgan. Keyingi tarixiy turi sxolastik ta’lim bo‘lgan. Uning mohiyatiga ko‘ra ta’limda matn madaniyati va yer, osmon haqidagi bilimlar so‘z bilan ifodalanib, xotira va irodani mashq qildirish asosida yosh avlodga inson udligi va u tomonidan tashkil etiladigan faoliyat mazmuni haqida lar berilgan, savodxonlik va nutq madaniyatiga o‘rgatilgan. Ta’limning uchinchi tarixiy turi — ma’rifatparvarlik bo‘lib, u an’anaviy bilimlar yaratilgan davrda yuzaga kelgan. XX asrdan boshlab esa turli ta’lim paradigma (model)lari, turlari va ko‘rinishlarining rivojlanish jarayoni kuzatildi. Bugungi kunda asoslariga ko‘ra ta’limning quyidagi turlari, ko‘rinishlari mavjud:

  • ilmiy bilimlarni o‘zlashtirilishi turi va sifatiga ko‘ra;

  • ustuvor mazmuniga ko’ra;

  • ijtimoiy faoliyatlarni egallashi turi va mahoratiga ko‘ra;

  • madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ko‘ra;

  • kishilik jamiyatinirig madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish ko‘lamiga ko‘ra;

  • milliy, yevropa, xalqaro, global ta’lim va boshqalar;

  • ta’lim tizimi turiga ko‘ra (universitet, akademik, litsey, gimnaziya ta’limi va boshqalar);



Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling