1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Tarbiya turlari: aqliy hamda axloqiy tarbiya


Download 88.9 Kb.
bet18/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

3.Tarbiya turlari: aqliy hamda axloqiy tarbiya. Tarbiya turlari ta'rifi 1 Aqliy tarbiya-Aqliy tarbiya. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘zo‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirani mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi. Aqliy tarbiyasi yetuk, o‘tkir zehnli, zukko va zakovatli insonlarni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik —bu donolik. Donolik —bu insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir. Donolik noyob ne’matdirki, u har kimga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xalq donoligida „Aql toji oltindan, oltin har kimda ham bo‘lmas“, deyiladi. 2. Axloqiy tarbiya- „Axloq“, „xulq“ va „atvor“ so‘zlari arabcha so‘z bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odamlar „Axloq —kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari majmuyi“ deyishsa, boshqalar esa „Axloq—ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, hamma sohalarda kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi“, deyishadi. Axloq me’yorlari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat me’yorlariga zid xatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi.
16-VARIANT
1. Temuriylar davrida ilm-ma’riat rivoji
Movarounnahr, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termizning noyob tarixiy yodgorliklari, Buyuk Ipak yo’li, Sharq mutafakkirlari yaratgan bebaho ta’limotlar, Amir Temur va temuriylar davrida gullab-yashnagan ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, naqqoshlik, musiqa, rivojlangan savdo-iqtisodiy munosabatlar, barpo etilgan mustahkam qudratli davlat va uning ichki va tashqi siyosati Evropadagi Uyg’onish jarayoniga hayotbaxsh ta’sir etgani tarixiy haqiqatdir. O’sha kezlarda ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va boshqa sohalarda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar o’zining ulug’vorligi, nafisligi, umumbashariy g’oyalarga boyligi, badiiy shakllarining xilma-xilligi, ma’naviy sofligi va etukligi bilan insoniyat aql-idroki va tafakkurini yuksaklikka ko’tardi, G’arbni Sharq bilan yaqinlashtirdi. Shu jihatlarni ko’zda tutib tadqiqotchilar bu davrlarni madaniy ko’tarinkilikning “oltin asri” ikkinchi Renesans – Sharq Uyg’onish davri deb nomlaydilar. Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda “Temuriylar davri haqiqatan xam ilm-fan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topishini ta’minlagan Sharq Uyg’onish davri edi”



Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling