1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»
Download 88.9 Kb.
|
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-VARIANT 1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi
3. Ta’lim metodlarining tasnifi
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha quyidagicha tizimlashtiriladi. Materialni og’zaki bayon qilish (hikoya, tushuntirish, maktab ma’ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi. Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid ob’ektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g’ri javob tayyorlashdan iborat. O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi. Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar. Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi). Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi. O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan, sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda). . 21-VARIANT 1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta'limtarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilgan muvaffaqiyatlarni o‘rganish orqali biz mustaqil O‘zbekistonda milliy ta'lim tizimlarini yangidan tashkil qilishda boy manbaalarga ega bo‘lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta'limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak. Bugungi ta'lim tizimlarimizda, chet ellarda o‘quv tarbiya ishlrining yo‘lga qo‘yilishiga e'tibor va qiziqishning tez sur'atlar bilan o‘sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta'limi muassasalarida chet el ta'lim tizimi tajribasini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Chet el ta'limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar AQSHning Tinchlik korpusi mutaxassislari, YUNESKO va YUNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko‘plab tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar. Bugungi kunda butun dunyo ta'lim muhitini rivojlantirish jarayonini me'yoriyhuquqiy jihatdan qo‘llabquvvatlash va koordinatsiya qilish YUNESKO tashkiloti tomonidan bajarilmoqda. Bu tashkilot barcha mamlakatlar uchun global va huquqiy xarakterdagi xalqarohuquqiy aktlarni ishlab chiqmoqda. YUNESKOning xalqarohuquqiy aktlari zamonaviy ta'limni globallashtirib, tarbiya muammolarini insoniy sivilizatsiyaning dastlabki darajasidan tinchlik, demokratiya, insoniylik, diniy bag‘rikenglik, inson huquqlarini hurmatlash, boshqa xalqlarning tarixiymadaniy an'ana va qadriyatlarini hurmat qilish, atrofmuhitni asrash. Download 88.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling