1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Oilada xalq an’analaridan foydalanish


Download 88.9 Kb.
bet34/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

2. Oilada xalq an’analaridan foydalanish
Oilaviy an’analarning bola shaxsini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatini anglash uchun eng avvalo an’analarning mohiyati, mazmuni haqida fikr yuritaylik. Oilada yashovchi inson o‘z xalqining milliy oilaviy an’analari tarixini, turmush tarzini, madaniyatini, ruhiyatini va ma’naviyatini chuqur bilgandagina, u shu xalqning barkamol, etuk insoni bo‘la oladi. Barkamol inson o‘z navbatida o‘zining oila turmushida o‘rgangan g‘oya va tajribalarini o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatishga harakat qiladi. Ana shu o‘rgatish oilaviy va ijtimoiy hayotni davom ettirishga asos, negiz bo‘ladi. SHuningdek, ulug‘ ajdodlarimizning oila hayotida qo‘lga kiritgan eng qimmatli, foydali an’analar yosh avlodga o‘rgatilmas ekan, shu mamlakatning kelajak avlodga beradigan oilaviy tajribalari ham inqirozga yuz tutadi. Oqibatda mazkur millat yo‘qolishiga zamin yaraladi.SHuning uchun o‘z qadr - qimmatini bilgan xalq o‘z madaniyatining, ma’naviyatining, qadriyatlarining asosi bo‘lgan an’analar, urf - odatlar, rasm - rusumlarni avloddan avlodga etkazadi, asraydi hamda ularni davom ettiradi. Ana shundagina xalqning, millatning, davlatning, hayotning davomiyligi ta’minlanadi. Bu haqda buyuk sharq mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy “Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir - birining o‘rnini egallab boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko‘tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod o‘zidan keyin kelayotgan, o‘zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga etkazib beradi”, - deb o‘rinli ta’kidlagan. Hozir xalqning milliy an’analari, urf - odatlari, ruhiyati, hayoti va oila turmushi haqida o‘quvchi - yoshlarga ilmiy ma’lumot berish dolzarb masala. O‘zbek xalqi o‘z oilaviy an’analari bilan jahon hamjamiyatida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan eng qadimgi xalqlardan biri sifatida mana shunday bebaho, boy xazinaga ega. Buning uchun o‘zbek xalqining oila an’analarini bilishimiz, boyitishimiz, takomillashtirishimiz, saqlashimiz hamda keyingi avlodlarga etkazish har birimizning muqaddas vazifamiz bo‘lmog‘i darkor. Eng asosiysi oila an’analaridan yosh avlodni tarbiyalashda foydalanishni hozirgi hayotning o‘zi talab qilmoqda.

Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling