29-VARIANT
1. Tarbiyaning ijtimoiy yo’nalganligi va yaxlitligi prinsipi
Tarbiya jarayonida o ‘quvchining ongigina emas, balki histuyg’ularini h am o’stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o’quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e‘tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o'quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o'quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o'quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o'zini o'zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o'z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo'lib qoladi.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo'ladi.
2. O’quv reja o’quv dasturlar va darsliklar
O’quv rejasi (tayanch va ishchi) –ma’lum bir yo’nalishda mutaxassis tayyorlashni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatdir. U davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo’lib ta’lim muassasasi moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo’ladi.
O’quv dasturi-ma’lum bir fan bo’yicha qanday mavzularni o’rganishni belgilovchi me’yoriy xujjatdir. U DTSning tarkibiy qismi. Namunaviy va ishchi dasturga bo’linadi. Ishchi dastur har yili yangilanadi va qo’shimchalar bilan boyitib boriladi.
• O’quv dasturi-ma’lum bir fan bo’yicha qanday mavzularni o’rganishni belgilovchi me’yoriy xujjatdir. U DTSning tarkibiy qismi. Namunaviy va ishchi dasturga bo’linadi. Ishchi dastur har yili yangilanadi va qo’shimchalar bilan boyitib boriladi.
• Demak, bu me’yoriy xujjatlar milliy g’oya va mafkurani o’quvchi talabalar ongiga singdirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |