1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Download 88.9 Kb.
bet33/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

3. Surdo pedagogika
Surdopedagogika (lot. surdus kar va pedagogika) — defektologiya tarmogʻi; kar yoki zaif eshituvchi bolalarni maxsus oʻqitish va tarbiyalash masalalarini ishlab chiqadi. S. ga kar yoki zaif eshituvchi bolalarni oʻqitish nazariyasi tarixi, kar va zaif eshituvchi bolalarning psixologik rivojlanish, oʻquv fanlarini oʻqitish, talaffuzni oʻrgatish va "lab bilan oʻqish", mehnatga oʻrgatish, tarbiyaviy ishlar metodikalari kiradi. S. kar yoki zaif eshituvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini oʻrganib, maxsus oʻquvtarbiya jarayoni tuzilishining asoslarini, maxsus oʻquvtarbiya muassasalarini tashkil etish tartibkridalarini ishlab chiqadi. Fan asoslarini oʻrganish bilan zaif eshituvchi bolalarda ogʻzaki nutq shakllanib boradi. Zaif eshituvchilarga ogʻzaki nutqni oʻrgatish uchun soʻzlar talaffuz qilinganda nutq organlarining harakati koʻrsatiladi. Shu harakatlarga qarab zaif eshituvchilar tovush va soʻzlarni ajratib olishga, yaʼni "labga qarab oʻqishga" oʻrganadi. Nutq harakatlarini takrorlashga oʻrgangan zaif eshituvchilar gapirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, karlar maxsus oʻquv alifbosi — daktilologiyasan foydalanib gapirishlari ham mumkin. Maxsus taʼlim sharoitida oʻquvchilarda i. ch. faoliyatining malaka va koʻnikmalari gʻosil qilinadi va normal hayotga tayyorlanadi. S. otolaringologiya, akustika, logopediya, umumiy ped., tilshunoslik, psixologiya, fiziologiya bilan uzviy bogʻliq. S. boʻyicha ilmiy tadqiqotlar Oʻzbekistonda Toshkent ped. universitetining defektologiya ftida olib boriladi

26-VARIANT
1. Tarbiya jarayonida o’qituvchi shaxsi va unga qo’yiladigan talablar
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi. O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan Yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor karalishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham u o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Ma’lumki pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. O‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligining o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga mos kelsa-da, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xalq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim hislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar

Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling