1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Fanlarni o’qitishda interfaol usullardan foydalanish


Download 88.9 Kb.
bet24/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

2. Fanlarni o’qitishda interfaol usullardan foydalanish
O‘qitishning interfaol metodlariga tayangan o‘quv jarayoni, o‘quv guruhning barcha tinglovchilarini bilish jarayoniga jalb qilishni inobatga olgan holda tashkil etiladi. Birgalikdagi faoliyat deganda, har bir kishi o‘zining alohida, o‘ziga xos hissasini qo‘shishi tushuniladi, ish jarayonida bilim, fikr, faoliyat usullari bilan o‘zaro almashuv amalga oshiriladi. Individual, juftlik va guruh bilan, hujjatlar va boshqa axborot manbalari bilan ishlash tashkil etiladi. Interfaol metodlar o‘zaro aloqadorlik, tinglovchilarning faolligi, guruh tajribasiga tayanish, qaytma aloqa prinsiplariga asoslanadilar . O‘zining ochiqligi, qatnashchilarning o‘zaro aloqadorligi, ular keltirgan dallilarning tengligi, bilimlarni birgalashib to‘planganligi, o‘zaro baholash va nazorat qilish imkoniyatlari bilan tavsiflanadigan ta’lim muloqoti muhiti yaratiladi. Interfaol metod. Interfaol («Inter» – o‘zaro, «act»– harakat qilmoq) – birgalikda harakat qilmoq. Faol metodga qaraganda interfaol metod tinglovchilarning nafaqat o‘qituvchi, balki o‘zaro faol faoliyatiga va tinglovchilarning mashg‘ulot jarayonida faolligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Interfaol mashg‘ulotlarda o‘qituvchining o‘rni tinglovchilar faoliyatini mashg‘ulot maqsadiga erishish uchun yo‘naltirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘qitishning interfaol shakllarining vazifalari quyidagilar:
— tinglovchilarda qiziqish uyg‘otish;
— o‘quv materialini samarali o‘zlashtirish; — tinglovchilar qo‘yilgan o‘quv vazifalarini yechish uchun yo‘nalish va variantlarini mustaqil izlashlari (berilgan variantlardan birini tanlash yoki shaxsiy variantini ishlab chiqish va qarorini asoslantirish); — tinglovchilar orasida o‘zaro ta’sirni o‘rnatish, guruh bo‘lib ishlashga, har qanday nuqtai nazarga sabrli bo‘lishga, boshqalarning fikrini hurmat qilishga o‘rgatish; — tinglovchilar dunyoqarashini kengaytirish va fikrlash qobiliyatini shakllantirish; — hayotiy va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish.

3. Tarbiya prinsiplari va ularga qo’yiladigan talablar
Tarbiya prinsiplari - bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishi, mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllariga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga ko‘yiladigan asosiy talablarni ifodalaydigan dastlabki koidalardir. Ular:
1.Tarbiyaning turmush, ijtimoiy xayot bilan boglab olib borish prinsipi.
2.Mexnat yordamida, ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida
tarbiyalash prinsipi.
Z.Shaxsni jamoada, jamoa uchun va jamoa yordamida tarbiyalash
prinsipi.
4.Tarbiyada o‘kuvchi xulkidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xususiyatlariga bardosh berish prinsipi.
5.Tarbiyada o‘kuvchi shaxsini xurmat qilish va talabchanlik prinsipi.
6.O‘quvchilarni tarbiyalashda ularning yosh va individual xususiyatlarni xisobga olish prinsipi.
7.Tarbiyaviy ta’sirlarni muntazam olib borish va ketma - ketligi prinsipi.
Endi tarbiya prinsiplarining mazmunini taxlil qilishga o‘tamiz. Tarbiyani turmushning ijtimoiy xayoti bilan boglab olib borish prinsipi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib ulgayishiga va shaxsining shakllanishiga xayot va jamiyat katta ta’sir etadi. Bu bir tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan bolalarni tarbiyalashdan maksad uni turmush uchun, ijtimoiy - iktisodiy xayot uchun tayyorlashdir. Shunday ekan, maktab va tarbiya muassasalarida olib boriladigan ta’lim va tarbiya ishlari turmush bilan mustaxkam boglangan bo‘lishi kerak. Tarbiyaning bu prinsipi o‘tmish avlodlarning ko‘rsatmalaridan kelib chikadi: «Agar ta’lim - tarbiya va bilim berish fakat maktab, madrasa doirasidagina olib borilib, mavj urib turgan turmushdan ajralib kolganda edi, biz ularga ishonmas edik» deb yozgan buyuk mutaffakkirlardan biri.


Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling