1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish


O‘quvchilarda nafosatni shakllantirish


Download 0.5 Mb.
bet9/36
Sana21.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1641460
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
ped-psi

29. O‘quvchilarda nafosatni shakllantirish.
Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jaroyonida boshlang’ich sinif o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishga e’tibor qaratilmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, shu bilan birga diologik yo’nalishdagi o’quv fanlarning xususuyatlarini o’rganish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishning ilmiy nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishning davr talab qiladi. Buni amalga oshirish uchun esa xoxlaysizmi, yo’qmi, oliy ta’limda tahsil olayotgan bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatiga jiddiy e’tibor berish kerak bo’ladi. Negaki, aynan ular ertangi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya beradi. Shunin uchun ham biz o’zimizning bitiruv malakaviy ishimizda bu muammoni tadqiq etishni maqsad qilib qo’ydik.
Talabalarda go’zallik haqidagi mavjud bilimlar hayot voqyeligi, buyumlar,ularning rang-barangligi, turlarini hamda san’at asarlarini estetik o’zlashtirish jarayonida tarkib topgan. Ular tevarak-atrof, hayot, tabiat manzaralari va har xil janrdagi san’at asarlari:grafika, rang tasvir, haykaltaroshlik, amaliy san’at, adabiyot, musiqa asarlari bilan kundalik faoliyatimizda duch kelishadi va ularni o’zgartirib boradi. Nafosat tarbiyasi – yoshlarni voqyelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi nafosatni idrok qilish orqali, ularda go’zallika ijobiy munosabat uyg’otish va o’zlarining hayot tarziga go’zallikni olib kirishni tarbiyalashdir.[13,14] 7 Yoshlar nafosat–go’zallik to’g’risidagi bilimlarni o’zlarini qurshab turgan tevarak atirofdagi tabiat go’zaligi, oila a’zolarining o’zaro samimiy munosabatlari, beqiyos san’at asarlari va baddiy asarlardan oladi. Nafosat to’g’risidagi bilimlar yoshlarni hatti –harakatlarini, o’quvchilar faoliyatini va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar. Nafosat tarbiyasining, mazmuniga xalqimizning boy madaniy merosini xalqning nafosatga oid bilimlarini badiiy didini xalqimizning ma’naviyatini, sog’lom turmush tarzini kiritsak bo’ladi. Nafosat tarbiyasi –eng avvalo xar bir yoshda badiiy hissiyot tuyg’ularini,badiiy didni tarbiyalashga qaratiladi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, u har bir yoshni o’zini nazorat qilishga sa’yi – harakatlarini tartibga solishga odatlantiradi. Did farosat har bir insonning hatti-harakatida, kiyinishida yurish tyrishida, jamiyatga bo’lgan munosabatida, u yoki bu voqyealarga real yondashishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
30. O’qitishning «sinf-dars» tizimi -maktabda oʻquv jarayonini tashkil etish tizimi. Unda oʻquvchilar yosh xususiyatlari va oʻqish muddatlariga koʻra muayyan sinflarga ajratilib, taʼlim oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq, asosan, dars shaklida olib boriladi. Taʼlimning sinf-dars tizimi individual taʼlim oʻrnida vujudga kelib, uning ayrim belgilari qadimiy maktablarda ham mavjud boʻlgan. 10-asrga kelib, Arab xalifaligiga qarashli Iroq, Suriya, Misr singari mamlakatlardagi maktablarda amaldagi "imlo" usuli oʻrniga "tadris" usuli joriy etilishi har bir oʻquvchi bilan alohida shugʻullanishga asoslangan oʻqitish tizimi oʻrniga taʼlimning muayyan miqdordagi bolalar jamoasi bilan birvarakayiga olib borilishi moʻljallangan dars shaklini yuzaga keltirdi. Lekin islom pedagogikasida dars tushunchasi mavjud boʻlgani hodda sinf tushunchasi qatʼiy emasdi. Taʼlimning sinf-dars tizimini nazariy jihatdan toʻla asoslab, oʻqitish amaliyotiga tatbiq etgan kishi buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy boʻlgan.
Taʼlimning sinf-dars tizimid.t.da oʻquvchi bir dareda oʻzlashtirishi kerak boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarni belgilab olish, uni bolalarga yetkazish tartibini tayin etish, oʻquv materiallarini tizimli ravishda taqsim etish nisbatan oson amalga oshiriladi. Unda oʻquvchilar faolligini oshirish imkoniyati ham koʻp. Chunki yosh va akliy imkoniyatlari bir-biriga yaqin boʻlgan bolalar oʻquv jarayonida tortinmay, faol ishtirok etishi mumkin. Shuningdek Taʼlimning sinf-dars tizimid.t. mashgʻulotlarni uyushtirishning ekskursiya, lab. ishlari, kuzatish singari shakllaridan foydalanishni ham inkor etmaydi. Taʼlimning sinf-dars tizimid.t. umumtaʼlim maktablaridan tashqari, oʻrta maxsus va oliy taʼlimda ham qoʻllaniladi.
31. “Sinf-dars” tizimi kim tomonidan yaratildi ? Taʼlimning sinf-dars tizimi individual taʼlim oʻrnida vujudga kelib, uning ayrim belgilari qadimiy maktablarda ham mavjud boʻlgan. 10-asrga kelib, Arab xalifaligiga qarashli Iroq, Suriya, Misr singari mamlakatlardagi maktablarda amaldagi "imlo" usuli oʻrniga "tadris" usuli joriy etilishi har bir oʻquvchi bilan alohida shugʻullanishga asoslangan oʻqitish tizimi oʻrniga taʼlimning muayyan miqdordagi bolalar jamoasi bilan birvarakayiga olib borilishi moʻljallangan dars shaklini yuzaga keltirdi. Lekin islom pedagogikasida dars tushunchasi mavjud boʻlgani hodda sinf tushunchasi qatʼiy emasdi. Taʼlimning sinf-dars tizimini nazariy jihatdan toʻla asoslab, oʻqitish amaliyotiga tatbiq etgan kishi buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy boʻlgan. U oʻzining "Buyuk didaktika" (1632), "Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari" (1653) asarlarida oʻqitishning sinfdars tizimini har jihatdan asoslab berdi. Bunga koʻra, oʻquvchilarni maktabga qabul qilish vaqti, bola yoshi, oʻqishning boshlanish va tugallanish payti, oʻquvchilarning oʻqish vaqti qatiy chegaralanadigan, mashgʻulotlar rejaga muvofiq muayyan tartibda tashkil etiladigan boʻldi. Tanaffus, taʼtil singari tushunchalar Ya. Komenskiy tavsiyalariga muvofiq joriy etilgan. Taʼlimning sinf-dars tizimi 19-asrga kelib Yevropaning koʻplab mamlakatlarida maktab taʼlimining yetakchi tizimiga aylandi.
32. Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarining mohiyati va tamoyillari
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub’ekt sifatda namoyon bo‘ladi, o‘quvchilar esa faqatgina «ob’ekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o‘quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo‘qoladi, o‘qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o‘qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo YA.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o‘qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko‘p tarqalgan o‘qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
  • YOshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan o‘quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi:


  • Sinf (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlar va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi;


  • Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi;


  • O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.




An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashti­rishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.
An’anaviy o‘qitish asosini, YA.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi:

  • ilmiylik;


  • tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi);


  • uzviylik va tizimlilik;


  • o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga);


  • mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …)


  • onglilik va faollik;


  • nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi;


  • yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.



33. Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasi

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling