1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish


Download 0.5 Mb.
bet11/36
Sana21.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1641460
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
ped-psi

Taʼlimning sinf-dars tizimi — maktabda oʻquv jarayonini tashkil etish tizimi. Unda oʻquvchilar yosh xususiyatlari va oʻqish muddatlariga koʻra muayyan sinflarga ajratilib, taʼlim oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq, asosan, dars shaklida olib boriladi. 
Taʼlimning sinf-dars tizimida oʻquvchi bir dareda oʻzlashtirishi kerak boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarni belgilab olish, uni bolalarga yetkazish tartibini tayin etish, oʻquv materiallarini tizimli ravishda taqsim etish nisbatan oson amalga oshiriladi. Unda oʻquvchilar faolligini oshirish imkoniyati ham koʻp. Chunki yosh va akliy imkoniyatlari bir-biriga yaqin boʻlgan bolalar oʻquv jarayonida tortinmay, faol ishtirok etishi mumkin. Shuningdek Taʼlimning sinf-dars tizimi mashgʻulotlarni uyushtirishning ekskursiya, lab. ishlari, kuzatish singari shakllaridan foydalanishni ham inkor etmaydi. Taʼlimning sinf-dars tizimi umumtaʼlim maktablaridan tashqari, oʻrta maxsus va oliy taʼlimda ham qoʻllaniladi.
35. O’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalari
Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishni nazarda tutadi.
O’qitish texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida o’quvchi va o’qituvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish vositalariga ega bo’ladi.
Bunday texnologiyalarga quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Hamkorlik pedagogikasi
2. Pedagogik jarayonda shaxsni kuzda tutishga asoslangan pedagogik texnologiya (Sh.A.Amonashvili texnologiyasi);
3. O‘quv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi);
4. O‘quv jarayonini samarali boshsarish va tashkil etish asosiga, qurilgan texnologiya (S.N.Lisenkova texnologiyasi, N.P.Guzikning o‘qitish tizimini rejalashtirish texnologiyasi);
5. O‘qitshini individuallashtirsh texnologiyasi (Inge Unt, A.S.Graniskaya, V.D.Shadrikov texnologiyasi); 1. Hamkorlik pedagogikasi Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko’pgina innovasisn jarayonlarni hayotga chorladi. Bu texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi.
Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi.
U o’zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvini, tili va matematika o’qitishning ajoyib pedagogikasini ishlab chiqdi va hayotga tadbiq etdi. Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda oliyjanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirmos;
2. bolaning qalbi va yuragini ulug‘lomoq;
3. boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
4. keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq;
5. ideal tarbiya –bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq. Sh.A.Amonashvili o’zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi:  insonparvarlik;  shaxsiy yondashuv;  oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati;  o‘quv faoliyati.  muloqot maxorati; Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o’ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko’ra sifatli baholashga urg’u beriladi, ya’ni tavsif, natijalar paketi, o’z-o’zini baholash.
36. Shaxsga yangicha qarash nimalardan iborat bo’ladi?
Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo'ladi:


  • pedagogikjarayonda shaxs obyekt emas, subyekt hisoblanadi;


  • har bir o'quvchi qobiliyat egasi, ko'pchiligi esa iste'dod egasi hisoblanadi;


  • yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustivor xislatlari hisoblanadi.


  • Munosabatlarani demokratlashtirish quyidagilarni o'z ichiga oladi:


  • o'quvchi va pedagog huquqlarini tenglashtirish,


  • o'quvchining erkin tanlab olish huquqi;


  • xatoga yo' 1 qo' yish huquqi;


  • o'z nuqtai nazariga ega bo' lish huquqi


  • pedagog va о'quvchilar munosabati zayli: taqiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.




Yangi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija bermaydigan va g'ayri insoniy hisoblanadigan zo'ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir. Muammo bu tamoyilni mutlaqlashtirishda emas, balki uning oqilona mezonlarini aniqlashdadir. Umuman olganda tarbiya jarayonida zo'ravonlik mumkin emas, ammo jazolash insonni kamsitadi, ezadi, rivojlanishini susaytiradi, unda qulchilik xususiyatlarini shakllantiradi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling