1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish


Download 0.5 Mb.
bet19/36
Sana21.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1641460
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
ped-psi

O‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning, shu tariqa talablarga javob berishga sub’ektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi. Jamiyatning muayyan tarixiy davrida, belgilangan vaqt va belgilangan ish joyiga xos bo‘lgan pedagogning asosiy va ikkinchi darajali o‘zgaruvchan xususiyatlari haqidagi masalani hal qilish bir muncha murakkabdir. Jamiyatda ro‘y berayotgan yangi shart-sharoitlar, ta’lim va tarbiya sohasida yangi maqsad va vazifalarni qo‘yadi. Ular o‘z navbatida o‘qituvchi va tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu talablarni o‘z vaqtida va aniqroq aniqlash uchun quyidagilarni bajarish lozim:

Jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagichadir:

- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o‘z Vatani, tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;

- keng bilim saviyasiga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;

- Yosh pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, Yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;

- o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;

ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;

o‘z ishiga ijodiy yondoshishi;

bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;

- pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;

- O‘qituvchining o‘z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Har bir o‘qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo‘lishga intilishi kerak



99. An’anaviy ta’lim metodlari
An’anaviu dars - muauyan muddatga mo’ljallangan, ta’lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustaxkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an’anaviu dars - ko’p hollarda ta’lim jarayoning birdan-bir modeli bo’lib qo’lmoqda. Ma’lumki an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. Shu bois, an’anaviy darsni “Markazda o’qituvchi turgan o’qitish modeli” deb ham atashadi. An’anaviu darsning asosiu maqsadi - dars mavzusining asosiu mazmunini, tushuncha va faktlarini o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga etkazish va tushuntirishdan iborat. Dars - oldin o’zlashtirilgan bilimlar bilan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlar o’rtasida aloqa o’rnatilishidan boshlanadi. Yangi mavzuni yoritish, turli mashqlar yordamida mustahkamlash, darsga yakun yasash, xulosalash, baholash va uuga vazifa topshirish bilan yakunlanadi.
An’anaviu dars o’tish modelida ko’proq ma’ruza, savol-javob, amaliu mashq kabi metodlardan foudalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviu dars samaradorligi ancha past bo’lib, o’quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aulanib qo’ladilar. Odatda, an’anaviu dars berishni - passiv dars berish metodi sifatida qaraladi. Lekin darsda o’quvchilarning faol yoki passivligi darsni qandau o’tishga va uni rejalashtirishga bogliq. An’anaviu darsning samaradorligini oshirish va darsda o’quvchilarning faolligini oshirish uchun yangi materialni mauda-mauda bo’laklarga bo’lib o’tish tavsiya etiladi. Shuningdek, o’quvchilarning bu materialni qandau o’zlashtirib borayotganliklarini nazorat qilib borish va bu maqsadda maqsadida turli xil mashq va topshiriqlarni bajartirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

100. Ta’limning ko’rsatmali metodlari.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling