1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish
Download 0.5 Mb.
|
ped-psi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 72.O’quv-tarbiyaviy vaziyat tushunchasi
- 73. Oila-pedagogik o’zaro munosabatlar, shaxs tarbiyasi va kamolotining subyekti
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular ortasidagi boglanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yol bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va tolaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bolmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning boglanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamizTafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi (qarang Ong). Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining Tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson Tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.
Tafakkur koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya, kibernetika, biologiya.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada Tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Tafakkur atrof-muhitdagi voqyolikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks zttiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog`lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo`naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ma’ruza va dars jarayonlarida tafakkurning analiz qilish operatsiyasi juda muhim rolь o`ynaydi. Insonga savod o`rgatish bola nutqini analiz qilishdan boshlanadi. So`ng bu holat matnni gaplarga, gaplarni so`zlarga, so`zlarni o`z navbatida bo`g`inlarga, fonemalarga, ularni esa tovushlarga bo`lish singari aqliy faoliyat bilan asta-sekin almashtiriladi. Arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya, fizika yoinki O’zbekistop tarixi, falsafa, iqtisod, politologiya, psixologiya va boshqa fan asoslarini o`rganish muammoli topshiriqlarni, masalalarni yechish ham analiz qilishdan boshlanadi. Yuqorida aytib o`tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini chuqur tushunish uchun yolg`iz analiznipg o`zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qimlarni birlashtirilgan holda bir-biriga ta’sir qilib turgan motor va mashinani butunligicha olib tekshirgandagina, uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin. 72.O’quv-tarbiyaviy vaziyat tushunchasi Ta’lim – boshqariladigan jarayon bo’lib, uning natijasi, ko’p jihatdan, tayyorlangan didaktik loyihaga bog’liq. Didaktik loyiha esa ta’lim texnologiyasining mahsulidir. Talabalarning bilish faoliyatini didaktik loyihaga ko’ra boshqarish ta’lim texnologiyasining pedagogik asosi sanaladi. Har qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud bo’lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham kirish va chiqish nuqtalari bor. Ikki nuqta orasiga juda ko’p nuqtalarni joylashtirish mumkin bo’lganidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha bo’lgan masofada ta’limning samarali usullari, vositalari ko’p topiladi. Bu yerda ta’lim texnologiyasi eng samarali usul bo’lib, ta’limning samarali shaklini tanlashda o’qituvchiga yordamga keladi. Ta’lim jarayoni bo’yicha qilinadigan ishlar ikki qismdan iborat: ta’lim loyihasini tayyorlash va loyihani amalga oshirish. 1. Ta’lim loyihasini tayyorlash. Loyiha o’qituvchi yoki ekspert a’zolari tuza olish faoliyatining mahsuli bo’lib, qator umumiy xususiyatlarga ega. Loyiha asosida pedagog va talabalarning kelajakda birgalikda amalga oshiradigan faoliyati yotadi. Ta’lim loyihasi ma’lumot mazmunini davlat standartlari talablari asosida tahlil etishdan boshlanadi. Tahlil ma’lumot mazmuni elementlari (bilimlar, ko’nikma va malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi, munosabatlar) dasturlarda qanday berilganligi, darsliklarda qanday aks ettirilganligiga qaratiladi. Keyin ta’lim mazmuni o’rganiladi, u yoki bu mavzuni o’rganishdan ko’zda tutilgan maqsad, ta’limning didaktik maqsadi, pedagog va talabalar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari, beriladigan uy ishlari miqdori, mavzular bo’yicha o’tkaziladigan test savollari, reyting nazorati bosqichlari, etalon darajasida o’zlashtirish usuli oldindan belgilab qo’yiladi. Bu ishlarning barchasi ongda ta’lim modelini yaratishga olib keladi. 73. Oila-pedagogik o’zaro munosabatlar, shaxs tarbiyasi va kamolotining subyekti Oila tarbiyasining o‘ziga xosligi, uning mohiyati, an’anaviyligi, milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar tizimida tutgan o‘mi, ular bilan uzviy aloqadorligi, o‘zaro ta’siri, oila muhitining barkamol avlod va komil insonni tarbiyalashdagi roli klassik va hozirgi zamon falsafiy tafakkur taraqqiyotida muhim o‘rinni egallab turibdi. Mazkur masala bo‘yicha jahon falsafasida g‘oyat muhim va ibratli fikrlar mavjud bo‘lgan. Turkiy xalqlaming mushtarak yodgorligi «Avesto», « 0 ‘rxunEnasoy bitiklari»da, shuningdek, Aflotun, Arastu, Konfutsiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojibdan tortib hozirgi zamon faylasuflarigacha o‘ziga xos fikr-mulohazalar bildirgani diqqatga sazovordir 74. Oiladagi tarbiyaviy vazifalar Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling