1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish
Download 0.5 Mb.
|
ped-psi
145. Pedagogik mahorat.
Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o’ringa uning integral sifati – o’qituvchining mahoratidan iborat bo’ladi. Pedagogik mahoratga berilgan ta'riflar shuncha ko’p bo’lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi. Mahorat - bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o’qitish san'atidan iborat. Pedagog – o’z ishining ustasi, o’z fanini chuqur biluvchi, fan va san'atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o’qitish va tarbiyalash metodikasini har tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo’lgan mutaxassis. Pedagogik nazariyada o’qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bogliq bo’lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o’rin tutadi. Mahoratni egallash uchun ko’p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya printsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O’quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun har bir konkret holat uchun ularni to’g’ri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur. “Men faqat «buyoqqa kel»ni 15-20 xilda gapira olganimdan, aft, tashqi qiyofa va ovozni 20 ko’rinishda bera olganimdan sunggina xakikiy masterga aylandim,- deydi buyuk pedagog A.S. Makarenko. Pedogogik mahorat – shaxsning pedagogik sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan kasbiy pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda samarali tashkil etishni ta'minlash bo'lib, u pedagogning faoliyat mohirligini eng yuqori choq-isiga erishganligini bildiradi. O’qituvchilik kasbi o'z mohiyatiga ko'ra o'ta individualdir. Har bir o’qituvchining muhim hayotiy o'rni, uning o'z ishining ustasi bo'lishdir. O’qituvchi mahorati uning faoliyatida ko'rinadi. O’qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari va uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi. Biroq mahorat — bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada Usta bo'lishi mumkin emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chohidagina go'zaldir. Pedagogik mahoratga etishish o’qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini ifodalaydi. 155. O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish usuli: Hikoya, ma’rza, suhbat, darslik hamda boshqa o‘quv adabiyotlari bilan ishlash Jonli nutq deganda, ta’limning og’zaki metodigina emas, balki, o’qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan so’zini, uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar mazmuni va ularni bajarish yo’llarini izohlashga doir so’zini, seminarlar uyushtirishdagi kirish so’zini, o’quvchilarga beriladigan turli yo’l - yo’riqlarni, izohli baholash va boshqalarni tushunish kerak. O’qituvchining jonli so’zini o’quvchilarning o’qib – o’rganishi va bilim faoliyatini boshqarishi, unga rahbarlik qilish yo’llari va vositalarini ham o’zida mujassamlashtiradi. Jonli nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o’quvchilar bilimining puxta va mustahkam bo’lishini ta’minlaydi. Geografiya o’qitishning ta’limiy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. O’qituvchining nutqi quyidagi pedagogik talablarga javob berishi kerak: Ilmiy va g’oyaviy jihatdan to’g’ri bo’lishi, tanlangan material ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak; Bilimlarning muntazam, mantiqiy to’g’ri bo’lishini ta’minlash ; O’quvchilar uchun tushunarli bilimlarni puxta o’zlashtirilishini ta’minlashga; Nutq obrazini qiziqarli bo’lishga, o’quvchilarni ham jonlantirish; Bayon qilinayotgan materialni o’quvchilar yozib olishiga e’tibor berish kerak; Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, V-VII sinflarda hikoya yoki tushuntirish 5-10 minutdan oshmasligi kerak. Yuqori sinflarda unga ajratiladigan vaqt birmuncha oshirilishi mumkin. O’quvchilarning o’qituvchi bayonini e’tibor va qiziqish bilan o’rganishini quyidagi yo’llar bilan amalga oshirish mumkin: O’qituvchi darsning vazifalari, maqsadi va bayonining asosiy o’rinlarini qisqacha so’zlab beradi; O’qituvchi o’rganilayotgan mavzuning muhim yoki qiyinligini aytib, uni puxta tushunib olish uchun nima qilish zarurligini aytaylik, bayonning qaysi qismlariga e’tibor berish kerakligini, qo’shimcha qanday materiallar, (vaqtli matbuot, ilmiy – ommabop, geografik adabiyotlarni ) o’qib chiqish zarurligi va boshqalarni uqtirib o’tadi; O’qituvchi nutqidagi intonatsiya va urg’uning kuchli, pauza, geografik usullarning ixcham va mantiqan to’g’ri ifoda qilinishi nutqning ravon, sof, obrazli va ta’sirchan bo’lishi tabiat, xalqlarga oid hikmatli so’zlar va oforizmlardan o’rinli foydalanish ayniqsa muhimdir. Demak, geografiya o’qituvchisi didaktik va pedagogik talablar asosida, hamda geografiya fanining mazmunli vazifalariga mos ravishda materiallarni aniq va ko’rgazmali qilib so’zlab berishi lozim. To’g’ri, turli o’qituvchilar nutqidagi erkinlik va badiiylik bir xil emas. Metodik adabiyotlarda o’g’zaki bayon paytida o’quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda foydalanish muammolarini yechish muhim bo’lib turibdi. Ayniqsa, bayon qilish paytida o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish va boshqalar geografiya ta’limi metodikasidagi muhim muammolardan hisoblanadi. 161. Sharq mutafakkirlarining ta’lim metodlari haqidagi fikrlari. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling